Toxtiev Shuxrat Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyoda shia jamoalarining shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlari”, 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar263.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Baxtiyor Miraimovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Munavvarov Zaxidullo Inomxodjaevich, siyosiy fanlar doktori, professor, Isxakov Mirsadik Mirsultanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyodagi shia jamoalarining shakllanishi va o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyodagi shia jamoalarining katta qismi ibodatida sajda joyiga soflik belgisi bo‘lgan sopol g‘isht qo‘yish, qiyomda qo‘l bog‘lamaslik singari maxsus amaliyotlaridan kelib chiqib, shialikning mo‘’tadil imomiylik oqimi tarafdorlari ekanligi aniqlangan;
Mintaqada shia jamoalarining shakllanishi uch bosqichda: birinchisi, XVI-XVIII asrlarda Eron Safaviy va Afshar hukmdorlarining Markaziy Osiyoga qilgan harbiy harakatlari natijasida qo‘shinning ayrim qismlari Buxoroda muqim qolgani; ikkinchisi, XVIII-XIX asrlarda Mang‘it hukmdorlarining forslarga javoban qarshi qilingan yurishlari natijasida asir tushgan shialarni Movarounnahrga majburiy ko‘chirgani; uchinchisi, XX asr boshlarida ro‘y bergan Erondagi inqilob tufayli eroniylarning farovon turmush kechirish uchun Markaziy Osiyoga ko‘chib kelgani isbotlangan;
Markaziy Osiyo sunniy xalqlarining shialik e’tiqodiga ijobiy munosabatda bo‘lishi hamda ularni dindosh sifatida qabul qilishlari bilan bir qatorda shia-sunniy nizolari bilan bog‘liq ayrim vaziyatlarda ushbu noan’anaviy ta’limotni hatto, dinsizlikda ayiblash bilan bog‘liq fatvolar ham qabul qilingani dalillangan;
Markaziy Osiyo shia jamoalari Sovet davrida o‘z e’tiqodini saqlash maqsadida ibodat va urf-odatlarini yashirincha bajarish uchun mintaqaning turli hududlarida al-Husayniyat (الحسينية) deb nomlangan ibodatxonalarni tashkil qilgani va ular hanuzgacha shialik an’analarini saqlab qolishga xizmat qilgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Markaziy Osiyodagi shia jamoalarining katta qismi ibodatida sajda joyiga soflik belgisi bo‘lgan sopol g‘isht qo‘yish, qiyomda qo‘l bog‘lamaslik singari maxsus amaliyotlaridan kelib chiqib, shialikning mo‘’tadil imomiylik oqimi tarafdorlari ekanligiga doir ma’lumot va xulosalardan A-1-051 – “Islomshunoslik muammolarini birlamchi manbalar va ajdodlarimiz diniy-ma’rifiy merosini tizimli tahlil qilish asosida yosh avlodda sog‘lom e’tiqodni shakllantirish” mavzuidagi ilmiy loyiha doirasida nashr etilgan “Islomshunoslik qomusiy lug‘ati”ning I jildini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 02 dekabrdagi 6091-son ma’lumotnomasi). Natijada shialik islom dinidagi mazhab emas, balki yo‘nalish, unda turli mazhab, oqim va firqalar borligi hamda Markaziy Osiyo shialari imomiylik va ismoiliylik oqimiga tegishli ekanligi haqidagi tasavvur shakllantirilgan;
Mintaqada shia jamoalarining shakllanishi uch bosqichda: birinchisi, XVI-XVIII asrlarda Eron Safaviy va Afshar hukmdorlarining Markaziy Osiyoga qilgan harbiy harakatlari natijasida qo‘shinning ayrim qismlari Buxoroda muqim qolgani; ikkinchisi, XVIII-XIX asrlarda Mang‘it hukmdorlarining forslarga javoban qarshi qilingan yurishlari natijasida asir tushgan shialarni Movarounnahrga majburiy ko‘chirgani; uchinchisi, XX asr boshlarida ro‘y bergan Erondagi inqilob tufayli eroniylarning farovon turmush kechirish uchun Markaziy Osiyoga ko‘chib kelgani haqidagi ilmiy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-tarixiy konsepsiyasining “Jaholatga qarshi ma’rifat” bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2020 yil 09 dekabrdagi 378/20-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada keltirilgan xulosalar, taklif va tavsiyalar Markaz faoliyatidagi O‘zbekiston shia jamoalari tarixi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishlarini belgilab bergan;
Markaziy Osiyo sunniy xalqlarining shialik e’tiqodiga ijobiy munosabatda bo‘lishi hamda ularni dindosh sifatida qabul qilishlari bilan bir qatorda shia-sunniy nizolari bilan bog‘liq ayrim vaziyatlarda ushbu noan’anaviy ta’limotni hatto, dinsizlikda ayiblash bilan bog‘liq fatvolar ham qabul qilingani haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi «Islomshunoslik» ta’lim yo‘nalishi rus guruhlari talabalari uchun buyurtma asosida tayyorlangan muallifning «Istoriya islama (musul`manskie strani Blijnego, Srednego Vostoka i Sentral`noy Azii)» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘iga asoslangan ma’lumotnoma). Olingan natijalar Akademiya talabalari o‘rta asr islom olamida shialik va sunniylik yo‘nalishlari vakillarining o‘zaro munosabatlari haqida ma’lumot olishiga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo shia jamoalari Sovet davrida o‘z e’tiqodini saqlash maqsadida ibodat va urf-odatlarini yashirincha bajarish uchun mintaqaning turli hududlarida al-Husayniyat (الحسينية) deb nomlangan ibodatxonalarni tashkil qilgani va ular hanuzgacha shialik an’analarini saqlab qolishga xizmat qilgani bo‘yicha xulosalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” kitob-al`bomining “Islom” qismini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy halqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 26 noyabrdagi 02/347-son dalolatnomasi). Natijada jamiyatda dinlararo va millatlararo tinchlik-totuvlikni ta’minlash, O‘zbekiston shia jamoalarining Respublikadagi faoliyatini yoritishga asos bo‘lgan.