Yuldasheva Nadira Viktorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy byudjetlarni tartibga solish usullarini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt730.
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alieva Sussana Seyranovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy byudjetlarni tartibga solish usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadidan to‘lanadigan soliqlarni tuman va shaharlar byudjetiga biriktirish asosida mahalliy byudjetlarning daromad bazasi barqarorligini ta’minlash asoslangan;
ijtimoiy nafaqa xarajatlarini moliyalashtirishni quyi maxalliy byudjetlarga o‘tkazish asosida amaldagi davlat byudjetining tarkibini qayta shakllantirish taklif etilgan;
hududiy moliya organlari, adliya, pensiya ta’minoti sohasi, suv xo‘jaligi, malaka oshirish markazlarini saqlash xarajatlarini mahalliy byudjetlarga o‘tkazish orqali mahalliy boshqaruv vakolatlarini kengaytirish asoslangan;
noruda qurilish materiallari bo‘yicha er ostidan foydalanganlik uchun soliqlardan tushumlarni mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy byudjetlarni tartibga solish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jismoniy shaxslarning mulkni ijaraga berishdan oladigan daromadidan to‘lanadigan soliqlarni tuman va shaharlar byudjetiga biriktirish asosida mahalliy byudjetlarning daromad bazasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 avgustdagi «Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida»gi PF-5515-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 06/04-02-01-34/3644-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yilda tuman va shahar byudjetlariga qo‘shimcha ravishda 125 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar ularning moliyaviy mustaqilligini oshirishga yo‘naltirilgan;
ijtimoiy nafaqa xarajatlarini moliyalashtirishni quyi maxalliy byudjetlarga o‘tkazish asosida amaldagi davlat byudjetining tarkibini qayta shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 9 dekabrdagi «2020 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi O‘RQ-589-son Qonunida o‘z o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 06/04-02-01-34/3644-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy boshqaruv tizimi vakolatlari kengayishi asosida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilgan va shaffofligi ta’minlangan hamda byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanilgan;
hududiy moliya organlari, adliya, pensiya ta’minoti sohasi, suv xo‘jaligi, malaka oshirish markazlarini saqlash xarajatlarini mahalliy byudjetlarga o‘tkazish orqali mahalliy boshqaruv vakolatlarini kengaytirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi PQ-4086-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 06/04-02-01-34/3644-son ma’lumotnomasi). Natijada, 39 turdagi byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish xarajatlarini mahalliy byudjetlarga o‘tkazilishi natijasida 1 mlrd. so‘m miqdoridagi byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishiga erishilgan;
noruda qurilish materiallari bo‘yicha er ostidan foydalanganlik uchun soliqlardan tushumlarni mahalliy byudjetlar ixtiyorida qoldirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida»gi PQ-4086-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 25 noyabrdagi 06/04-02-01-34/3644-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2019 yilda tuman va shahar byudjetlariga qo‘shimcha ravishda 250 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar o‘tkazilgan va ularning daromad bazasi barqarorligi ta’minlangan.