Iminaxunova Iroda Xuseynovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim jarayonlarini rivojlantirishning nazariy asoslari (tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan ingliz tili asosida)” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped893.
Ilmiy rahbar: Yuzlikaev Farid Rafailovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03. 
Rasmiy opponentlar: Fayzullaev Tursunboy siyosatshunoslik fanlari doktori, professor;
Maxmudov Abduxalim Xakimovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining ingliz tili bo‘yicha mustaqil ta’lim olish sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish jarayonlarining pedagogik-psixologik va ergonomik (ajratilgan vaqt, muddati, yaratilgan shart-sharoit) xususiyatlari fanlararo integratsiyalashgan o‘quv modullari sifatida tanlanadigan mavzularning ko‘lami va mazmun-mohiyatiga ko‘ra bog‘liqligi ilmiy asoslangan; 
mustaqil ta’lim olish jarayonlarining innovatsion tavsifi (yangi, individual, mobil va refleksiv yondashuvlar) va komponentlari (mazmun, shakl, o‘quv materiallari va topshiriqlar) kredit-modul` tizimi asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra muvofiqlashtirilgan;
mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish bosqichlarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish mexanizmlari talabalarning boshlang‘ich tushunchalariga mos ravishda ularda kasbiy faoliyatga qiziqishlar shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi topshiriqlarning bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
ingliz tilini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish mexanizmlari talabalarda kasbiy tushunchalar shakllantiruvchi vaziyatlarni oldindan loyihalashtirish vositasida ishlab chiqilgan samaradorlik indikatorlariga mos natijalarga erishishga mo‘ljallangan jarayonlarni intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak mutaxassislarning mustaqil ta’lim jarayonlarini tashkil etish va takomillashtirishning nazariy asoslariga doir  tadqiqot natijalari asosida:
talabalar uchun mustaqil ta’lim olish jarayonini  tashkil etishda uning barcha shakllarini kredit-modul` tizimi asosida tashkil etiladigan ta’lim jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra muvofiqlashtirish hamda fanlararo integratsiyalashgan o‘quv modullari sifatida tanlanadigan mavzularning ko‘lami va mazmun-mohiyatini inobatga olishga doir takliflardan 5111000 – Kasb ta’lim (davolash ishi) bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 maydagi 35-2-2519-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar uchun tashkil etiladigan ta’lim va mustaqil ta’lim jarayonlari komponentlarining o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligini ta’minlashga oid talablar takomillashtirilgan;
talabalar mustaqil ta’lim jarayonlarida o‘rganishi taklif etilgan kasbga oid xorijiy atamalardan iborat “Anatomiyaga doir terminlar” (ingliz–o‘zbek–rus) izohli lug‘ati ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 maydagi 35-2-2519-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqil ta’lim olish jarayonlarida ushbu izohli lug‘at talabalarning tibbiyotga oid xorijiy atamalarni samarali o‘rganishlariga xizmat qilmoqda;
talabalarning mustaqil ta’lim jarayonlarini blok-modulli yondashuv asosida tashkil etish va takomillashtirishga doir takliflaridan A-1-100. “Tibbiyot xodimlari uchun chet tili, axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalari bo‘yicha uzluksiz malaka oshirish tizimini yaratish va uning samaradorligini oshirish” nomli ilmiy loyihasini (2016-2018 yy.) bajarilishida foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 maydagi 35-2-2519-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tibbiyot xodimlariga ingliz tilini o‘qitishda kasbiy tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi mavzularni modullar sifatida belgilash mexanizmi joriy etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish