Nabieva Nilufar Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirishning marketing strategiyasini ishlab chiqish (Farg‘ona viloyati xizmat ko‘rsatish korxonalari misolida)», 08.00.11 – Marketing; 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt755. 
Ilmiy rahbar: Ergashxodjaeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududning o‘ziga xos xususiyatlari asosida xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirishning marketing strategiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat sohasida xolistik marketingdan foydalanish xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi turli sub’ektlar faoliyatidagi o‘zaro muvofiqlikni iste’mol sharoitidagi qisqa muddatli o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ta’minlash orqali takomillashtirilgan;  
xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobatda ustunligini  ta’minlovchi marketing strategiyalarini tanlash xizmat ko‘rsatishning ko‘p omilli lokal va dinamik tavsif elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
hududlarning o‘ziga xos xususiyati va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari  asosida  xizmat ko‘rsatish sohasining o‘zaro bog‘liqligini klaster yondashuvi orqali tashkil etish asoslangan;
Farg‘ona viloyati xizmatlar bozori salohiyatidan ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish nuqtasi sifatida samarali foydalanish asosida asosiy xizmat turlarini rivojlantirishning 2025 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqishga oid ilmiy yangiliklar  asosida:
xizmat sohasida xolistik marketingdan foydalanish xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi turli sub’ektlar faoliyatidagi o‘zaro muvofiqlikni iste’mol sharoitidagi qisqa muddatli o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ta’minlash orqali takomillashtirish taklifidan “Farg‘ona viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 01/OA-520-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Farg‘ona viloyatidagi xizmat ko‘rsatish korxonalarining foyda hajmini 12 foizga oshirish imkonini bergan;
xizmat ko‘rsatish korxonalarining raqobatda ustunligini  ta’minlovchi marketing strategiyalarini tanlash xizmat ko‘rsatishning ko‘p omilli lokal va dinamik tavsif elementlarini kiritish asosida takomillashtirish taklifidan “Farg‘ona viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 01/OA-520-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatdagi xizmat ko‘rsatish korxonalari samaradorligini 16 foizga oshirish ta’minlangan;
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasining o‘zaro bog‘liqligini klaster yondashuvi orqali tashkil etish taklifidan “Farg‘ona viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 01/OA-520-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijaning joriy etilishi Farg‘ona viloyatidagi xizmat ko‘rsatish korxonalari iste’molchilari sonini 1,5 foizga, xizmat ko‘rsatish hajmini 1,4 foizga oshirish imkonini bergan;
Farg‘ona viloyati xizmatlar bozori salohiyatidan ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish nuqtasi sifatida samarali foydalanish asosida asosiy xizmat turlari rivojlanishining 2025 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlari “Farg‘ona viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2020 yil 14 dekabrdagi 01/OA-520-03-son ma’lumotnomasi). Natijada viloyatda xizmat ko‘rsatish korxonalarini rivojlantirishning maqsadli yo‘nalishlari, kompleks dasturlari istiqboldagi ko‘rsatkichlarining  aniqlik darajasi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish