Gers Jasmina Viktorovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «GAT texnologiyalari orqali tabiiy resurslarning xatlov uslublarini takomillashtirish», 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T554.
Ilmiy rahbar: Pulatov Alim Salimovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Myagkov Sergey Vladimirovich, texnika fanlari doktori, professor (06.01.02); Radkevich Mariya Viktorovna, texnika fanlari doktori, dotsent (11.00.05).
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: GAT texnologiyalari orqali tabiiy resurslarning xatlov uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi erlari xatlovi xatoliklarini baholash masofadan zondlashning radar ma’lumotlari yordamida ishlab chiqilgan;
tabiiy resurslarni tasniflash usuli VH qutblashni boshqa qutblashlar bilan kombinatsiyalashgan sharoitda Sentinel-1 radar tasvirlar asosida takomillashtirilgan;
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi erlarini tasniflashning kombinatsiyalashgan usuli spektral korrelyasiya va NDVI vegetatsiya indeksi asosida o‘simliklar qoplami o‘zgarishi dinamikasini inobatga olib takomillashtirilgan;
sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini tasniflashning zamonaviy usullarini qurg‘oqchil mintaqalar sharoitida qӱllash samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
GAT texnologiyalaridan foydalangan holda tabiiy resurslarni xatlash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qishloq va o‘rmon xo‘jaligi erlari xatlovi xatoliklarini baholashning matrisa usuli Toshkent o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon erlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 dekabridagi 02-02/8-3305 son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rmon qoplami hajmini vaqt va masofada sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali kuzatish imkoniyati yaratilgan;
VH qutblashni boshqa qutblashlar bilan kombinatsiyalashgan sharoitda Sentinel-1 radar tasvirlar asosida takomillashtirilgan tabiiy resurslarni tasniflash usuli O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasarrufidagi Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 dekabridagi 02-02/8-3305 son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil qutblanishlardagi radiometrik tasvirlar yordamida tabiiy resurslarning monitoringini optimallashtirish imkoniyati yaratilgan;
spektral korrelyasiya va NDVI vegetatsiya indeksi asosida takomillashtirilgan qishloq va o‘rmon xo‘jaligi erlarini tasniflashning kombinatsiyalashgan usuli Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi ilmiy-o‘quv markazi davlat unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 21 dekabridagi 02-02/8-3305 son ma’lumotnomasi). Natijada sun’iy yo‘ldosh tasvirlari orqali qishloq xo‘jaligi ekinlarini (paxta, sholi, g‘alla) samarali xatlash imkoniyati yaratilgan.