Isakov Alijon Abdumitolipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Chigit seyalkasi tuproq yumshatkichi parametrlarini asoslash», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1765.
Ilmiy rahbar: Duskulov Abdusattor Axadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaquziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Farmonov Erkin Tolipovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: chigit ekiladigan zona tuprog‘ini yumshatadigan qurilmani seyalkaga o‘rnatish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bir yo‘la chigit ekiladigan zona tuprog‘ini yumshatish va chigit ekish texnologik jarayonlari asoslangan seyalka ishlab chiqilgan;
chigit ekiladigan zonani yumshatadigan lemexning parametrlari uning oldida tuproq uyumi hosil bo‘lmasligi shartidan kelib chiqqan holda asoslangan;
yulduzchalar radiusi va tishlari sonining maqbul qiymatlarida chigit ekiladigan zona tuprog‘ining sifatli yumshatilishi ta’minlangan;
chigit seyalkasi yumshatkichining energetik ko‘rsatkichlari tuproq xossalari, yumshatkich parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalovchi bog‘lanishlar asosida aniqlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chigit seyalkasi tuproq yumshatkichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tuproq yumshatgich bilan jihozlangan chigit seyalkasi uchun dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/023-2545-son ma’lumotnomasi). Natijada chigit ekiladigan zona tuprog‘ini agregatning bir o‘tishida yo‘laklab yumshatib, chigitlarni belgilangan chuqurlikka kafolatli ekishni ta’minlaydigan seyalkaning tajriba nusxasini tayyorlash va ish sifatini baholash imkonini bergan;
tuproq yumshatkich bilan jihozlangan chigit seyalkasi Zarbdor va Mirzacho‘l tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/023-2545-son ma’lumotnomasi). Natijada tuproqni bir yo‘la yumshatib, chigit ekishda urug‘ sarfini 15-20 % ga, mehnat sarfini 35 % gacha, foydalanish xarajatlarini esa 33 % gacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
yumshatkich o‘rnatilgan chigit ekish seyalkani ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 02/023-2545-son ma’lumotnomasi). Natijada yumshatkichli chigit ekish seyalkasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.