Karimova Nargiza Mansurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalar va o‘smirlarda burun-halqum havfli o‘smalarini tashxislash va davolashni takomillashtirish (klinik-immunologki va molekulyar-genetik jihatlari» 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib932.
Ilmiy rahbar: Polatova Djamila Shagayratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Muxamedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Maxamadaminova Shoira Abduvalievna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: P.A. Gersen nomidagi Moskva ilmiy tadqiqot onkologiya instituti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: immunologik o‘zgarishlar va Epshteyn-Barr virus ekspressiyasi darajasini hisobga olish bilan bolalar va o‘smirlardagi burun-halqum xavfli o‘smasini majmuaviy tashxislash va davolash tartibini takomillashtirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat. . 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gumoral bo‘g‘inning mos bo‘lmagan faollashishi, turli fraksiyadagi immunoglobulinlrning depressiyasi, shuningdek, immun boshqaruv indeksini pasayishi hisobiga hujayra immunitet muvozanatini buzilishi bilan namoyon bo‘luvchi burun halqum xavfli o‘smalari bo‘lgan bolalar va o‘smirlardagi immunitet o‘zgarishlarini IgG konsentratsiyasining o‘sishini spesifik o‘ziga xosliklari  asoslangan;
burun halqumning xavfli o‘smalari bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda Epshteyn-Barr virusining yuqori ekspressiyasi, tajavvuzkor klinik kechish va noxush bashoratlash o‘rtasida to‘g‘ri yuqori RR+12,3 korrelyasion aloqadorligi isbotlangan; 
Epshteyn-Barr virus titrini pasayishi, umumiy yashovchanlik va qaytalanishlarsiz yaxshilanish  bilan aks etgan bolalar va o‘smirlardagi burun-halqumning xavfli o‘smalari bo‘lgan virus-assotsiatsiyalangan bemorlarda viruslarga qarshi davolashda virus yuklamalarning progressiyasiz hamda umumiy yashovchanlik darajasi isbotlangan;
limfaoqimning tarqalish sohalari va birlamchi xavfli o‘smaga bir vaqtida ta’sir etishda 6-soatlik farq bilan har kuni ikki marta nurlantirishdan iborat bo‘lgan mul`tifraksion tartibni qo‘llash bilan nurli davolash tartibi takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalar va o‘smirlarda burun xalqum xavfli o‘smalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalar va o‘smirlarda burun-halqumning xavfli o‘smalarini klinik-immunologik jihatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 8n-d/203-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma burun-halqumning xavfli o‘smalarini klinik-immunologik jihatlarini o‘ziga xos xususiyatlari baholash, tashxislashning samaradorligini oshirish, kasalliklarni o‘z vaqtida samarali davolash tartibini tizimli tashkillashtirish, davolashning umumiy davomiyligini kisqartirish, asoratlar va o‘lim darajasining sonini kamaytirish imkonini bergan;
Bolalar va o‘smirlarda burun xalqum xavfli o‘smalarni tashxislash va davolashni takomillashtirish asosida olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markaziing Buxoro va Samarqand viloyati filialining  klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n–z/23–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi burun-halqumning xavfli o‘smalari bilan assotsirlangan Epshteyn-Barr virusi, manfiy xavfli o‘sma Epshteyn-Barr virusi bilan solishtirilganda noxush bashoratlash, yuqori virus yuklamali virusga qarshi davolashni qo‘llanilishi 1, 3 va 5 yillik yashovchanlik darajasini uzayishi tartibini joriy qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish