Muxammadiev Zarrux Umarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxonalarda modernizatsiya jarayonlari hisobi va auditini  takomillashtirish”, 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt388.
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Bahramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘ziev Islom Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxsudov Begmatjon Yuldashalievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarni modernizatsiyalash jarayonlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
0100-“Asosiy vositalar”, 0400-“Nomoddiy aktivlar”, 0800-“Kapital quyilmalar”ni hisobga oluvchi schyotlar tarkibida modernizatsiya jarayonlari va ularga kiritilgan kapital investisiyalarning hisobi uchun alohida ishchi schyotlarni ochish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida biologik aktivlarga kiritilgan kapital investisiyalar hisobini kiritish asosida modernizatsiya jarayonlarini aks ettiruvchi alohida  hisob ob’ekti va moliyaviy hisobot elementini shakllantirish asoslangan;
hisob siyosatida modernizatsiyalashni ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarining turlari, kredit va qarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlari hisobini kiritish orqali buxgalteriya balansi axborot imkoniyati takomillashtirilgan;
auditorlik tekshiruvini “maqsad-jarayon-natija” yaxlit zanjiri asosida korxonalarni modernizatsiya  jarayonlarini ifodalovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini baholash, audit rejasi hamda dasturini shakllantirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
korxonalarda modernizatsiyalash jarayonlari hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
0100-“Asosiy vositalar”, 0400-“Nomoddiy aktivlar”, 0800-“Kapital quyilmalar”ni hisobga oluvchi schyotlar tarkibida modernizatsiya jarayonlari va ularga kiritilgan kapital investisiyalarning hisobi uchun alohida ishchi schyotlarni ochish bo‘yicha taklifi “Samarqand-Parranda” AJning hisob siyosatiga kiritilgan (“Samarqand-Parranda” AJning 2019 yil 20 dekabrdagi 117-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida AJda ishchi schyotlar rejasi takomillashtirilgan, modernizatsiyalash jarayonlari va ularning natijalari to‘g‘risida tizimli axborotlarni olish va foydalanuvchilarga taqdim etish imkoniyati oshgan, buxgalteriya xizmati xodimlarining ushbu ishlarga ketadigan mehnat sarfi sezilarli darajada kamaygan;
qishloq xo‘jaligi korxonalarida biologik aktivlarga kiritilgan kapital investisiyalar hisobini kiritish asosida modernizatsiya jarayonlarini aks ettiruvchi alohida hisob ob’ekti va moliyaviy hisobot elementini shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03/032-4451-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif qishloq xo‘jalik korxonalari hisobi va balansida hozirgi kunda uzoq va qisqa muddatli aktivlar tarkibida aks ettirib kelinayotgan biologik aktivlarni xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy hisobot shakllariga transformatsiya qilish imkonini bergan; 
hisob siyosatida modernizatsiyalashni ichki va tashqi moliyalashtirish manbalarining turlari, kredit va qarzlar bo‘yicha foiz to‘lovlari hisobini kiritish orqali buxgalteriya balansi axborot imkoniyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03/032-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, modernizatsiyalash manbalarini alohida maxsus schyotlarda aks ettirish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek moliyaviy hisobotga tushuntirish xatiga ilova sifatida ichki maqsadlarda maxsus “Modernizatsiya jarayonlari va ularni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida ma’lumotnoma”ni tavsiya etilgan shaklda tuzish va rahbariyatga taqdim etish investorlarning korxonalar hisob va hisobot tizimiga ishonchini oshirgan.
auditorlik tekshiruvini “maqsad-jarayon-natija” yaxlit zanjiri asosida kiritish korxonalarning modernizatsiya jarayonlarini ifodalovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini baholash, audit rejasi hamda dasturini shakllantirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi tomonidan moliyaviy hisobotlarni tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2019 yil 26 dekabrdagi 03/032-4451-son ma’lumotnomasi). Natijada, soha sub’ektlari ichki audit xizmati xodimlari tomonidan modernizatsiya jarayonlarini ifodalovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari realligini tekshirish, ular bo‘yicha ijobiy va salbiy holatlarga baho berish va tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun auditorlik hisobotlarini tayyorlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish