Boronov Bobur Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korxonalar moliyaviy aktivlari hisobini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt341.
Ilmiy rahbar: Urazov Komil Baxramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Akram Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar moliyaviy aktivlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hisob siyosatiga boshlang‘ich qiymatni aniqlash va amortizatsiyalanadigan qiymatni baholashni kiritish orqali moliyaviy investisiyalar shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilash bo‘yicha axborot imkoniyatini oshirish asoslangan;
investisiyalarni hissali qatnashish usulida baholash va debitorlik qarzlarining qadrsizlanishidan olingan zararni hisobga olish asosida moliyaviy aktivlarning sof qiymatini aniqlash taklif etilgan;
olinadigan schyotlarning joriy qismini savdo va nosavdo debitorlik qarzlariga ajratish orqali debitorlik qarzlarining sof qiymati aniqlangan hamda moliyaviy holat hisobini yuritishning shaffofligi ta’minlangan;
moliyaviy aktivlarning haqqoniy qiymatini baholash asosida yuzaga keladigan moliyaviy natijani aniqlash va uni hisobda aks ettirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Korxonalar moliyaviy aktivlari hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hisob siyosatiga boshlang‘ich qiymatni aniqlash va amortizatsiyalanadigan qiymatni baholashni kiritish orqali moliyaviy investisiyalar shakllanishi muddatlari hamda ehtimolligini belgilash bo‘yicha axborot imkoniyatini oshirish borasidagi taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ va “Turon-Xojeli” AJlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2020 yil 26 maydagi 10/745-son, “Turon-Xojeli” AJning 2020 yil 14 maydagi 178-A-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi moliyaviy aktivlarni haqqoniy qiymatlarda baholashga hamda axborotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qilgan;
investisiyalarni hissali qatnashish usulida baholash va debitorlik qarzlarining qadrsizlanishidan olingan zararni hisobga olish asosida moliyaviy aktivlarning sof qiymatini aniqlash bo‘yicha taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ va “Turon-Xojeli” AJlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2020 yil 26 maydagi 10/745-son, “Turon-Xojeli” AJning 2020 yil 14 maydagi 178-A-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi moliyaviy aktivlarni haqqoniy qiymatlarda baholashga hamda hisob va hisobotning sifatini oshirishga xizmat qilgan; olinadigan schyotlarning joriy qismini savdo va nosavdo debitorlik qarzlariga ajratish orqali debitorlik qarzlarining sof qiymatini aniqlash hamda moliyaviy holat hisobini yuritishning shaffofligini ta’minlash bo‘yicha taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ va “Turon-Xojeli” AJlari tomonidan hisob siyosatiga kiritilgan (“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2020 yil 26 maydagi 10/745-son, “Turon-Xojeli” AJning 2020 yil 14 maydagi 178-A-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi investorlar ehtiyojlariga monand axborotlarni tayyorlash, debitorlik qarzlari ustidan nazoratni o‘rnatishni yaxshilash imkonini bergan;
moliyaviy aktivlarning haqqoniy qiymatini baholash asosida yuzaga keladigan moliyaviy natijani aniqlash va uni hisobda aks ettirish bo‘yicha taklifi “Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJ va “Turon-Xojeli” AJlari tomonidan MHXSlari asosida moliyaviy hisobot tuzishda foydalanilgan (“Kattaqo‘rg‘on yog‘-moy” AJning 2020 yil 26 maydagi 10/745-son, “Turon-Xojeli” AJning 2020 yil 14 maydagi 178-A-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi moliyaviy aktivlarni baholash natijasida yuzaga kelgan moddalarni hisob va hisobotlarda aks ettirish imkonini bergan hamda korxonaning investision jozibadorligini oshirgan.