Imomkulov Anvar Norboboevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Chekli o‘lchovli algebralarni evolyusion algebralar bilan approksimatsiyalash», 01.01.06 – Algebra (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM315
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Matematika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Matematika instituti, DSc.02/30.12.2019.FM.86.01.
Ilmiy rahbar: Ayupov Shavkat Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Abror Xakimovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Karimjanov Ikboljon Abdulazizovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chekli o‘lchovli algebralarni evolyusion algebralar bilan approksimatsiyasini va evolyusion algebralar zanjirlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
haqiqiy sonlar maydoni ustida berilgan uch o‘lchovli evolyusion algebralari tasniflanib, ularning idempotentlariga mos keladigan approksimatsion evolyusion algebralar o‘rtasidagi izomorfizmlari qurilgan;
nil`potent bo‘lgan evolyusion algebraning approksimatsiyasi ham  nil`potent ekanligi isbotlangan;
ikki va uch o‘lchovli nil`potent Leybnis algebralarining approksimatsiyasi nil`potent evolyusion algebra ekanligi isbotlangan;
uch o‘lchovli evolyusion algebralar zanjirlari va ularning absolyut nil`potent hamda idempotent elementlari to‘plamlarining vaqtga bog‘liq dinamikasi berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chekli o‘lchovli algebralarni evolyusion algebralar bilan approksimatsiyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uch o‘lchovli evolyusion algebralarning haqiqiy sonlar maydonida olingan tasnifidan MTM2016-76327-C3-2-P (AEI\FEDER, UE) raqamli xorijiy loyihasida ikki va uch o‘lchovli kompleks evolyusion algebralar tasnifini olishda foydalanilgan (Granada universiteti, matematika fakul`tetining 2020 yil 30-noyabrdagi ma’lumotnomasi, Ispaniya). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi kompleks evolyusion algebralarning soni izomorfizm aniqligida cheklita ekanligini ko‘rsatish imkonini bergan;
ikki va uch o‘lchovli nil`potent Leybnis algebralarining approksimatsiyasi nil`potent evolyusion algebra ekanligidan YoFA-Ftex-2018-77 raqamli loyihada yarim sodda va nil`potent algebralarining kogomologik gruppalarini o‘lchamlarini topishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2021 yil 12 yanvardagi 2/1255-84 son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanilishi sodda Leybnis algebrasi uchun ikkinchi kogomologik gruppasining trivialligini isbotlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish