Sadikova Muxayyo Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik sanoati maqsadlarida qoplamalar olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Radioaktiv, kamyob va nodir elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T.1776.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Xalimjonov Toxir Salimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik sanoati maqsadlarida qoplamalar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimer va organomineral to‘ldiruvchi va ul`tratovushli ishlov berish rejimlarining turi, tarkibi va nisbatiga bog‘liq tarzda modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarining fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida to‘ldirilgan kompozisiyalarni ul`tratovushli ishlov berish va antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoplastik materiallar olish samarali ikki bosqichda amalga oshirilishi asoslangan;
organomineral to‘ldiruvchilarning turi, tarkibi va nisbati ul`tratovushli ishlov berish usullari va antifriksion-eyilishbardosh xossalari bo‘yicha texnologik parametrlarining ta’siri aniqlanib, modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer material va qoplamalarning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
modifikatsiyalangan antifriksion-eyilishbardosh kompozision termoreaktiv polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning xossalari, mashina va mexanizmlarning xomashyo bilan o‘zaro ta’sirlanishdagi ishqalanish koeffisientining kamayishi va yuqori mustahkamlikka egaligi aniqlangan;
mashinasozlikdagi mashina va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llash uchun organomineral to‘ldiruvchi va ul`tratovushli ishlov berish bilan modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallari va qoplamalar ishlab chiqarish uchun samarali texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimer materiallarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish va ular asosida mashinasozlik sanoati maqsadlarida qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
epoksid smolasi asosidagi antifriksion-eyilishbardosh polimer materiallar va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 15 dekabrdagi 87-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, modifikatsiyalangan kompozision termoreaktiv polimerli materiallar bilan qoplangan detallar chidamliligini 1,7–1,8 marta oshirish, paxta tolasi va chigitning mexanik shikastini kamaytirish, unumdorlikni oshirish va paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining quvvat iste’molini kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan antikorrozion va elektr o‘tkazuvchan termoreaktiv epoksid polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalar Piskent paxta tozalash zavodida amaliyotga joriy etilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 15 dekabrdagi 87-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishchi organlardagi qoplamalar yordamida paxta tozalash mashina va mexanizmlarining ishlash qobiliyati va samaradorligini oshirish imkonini bergan.