Nasimov Rashid Hamid o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokard infarktni masofadan tashxislashning algoritmlari va apparat-dasturiy majmuasini ishlab chiqish», 05.01.04 – Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1564.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakim Nasridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Otabek Qadambaevich, PhD. 
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: miokard infarktga masofadan tashxislash jarayonining neyron tarmog‘iga asoslangan algoritmlari va apparat-dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ADS1298 analog-raqamli o‘zgartirgich qurilmasi yordamida elektrokardiografiya apparat-dasturiy ta’minoti loyihalangan va smartfon qurilmasi bilan ma’lumot almashish algoritmi ishlab chiqilgan;
elektrokardiogramma signallarini hisobga olgan holda neyron tarmog‘iga kiruvchi 75x224 o‘lchamli JPG formatida tasvirni hosil qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
neyron tarmog‘i parametrlari va matematik ta’minotini hisobga olgan holda miokard infarktni tashxislash va joylashuvini aniqlashning CNN tarmog‘i arxitekturasi qurilgan;
75x224 o‘lchamli tasvir formati, neyron tarmog‘i parametrlari va matematik ta’minoti yordamida miokard infarktni tashxislash va joylashuv o‘rnini aniqlashning algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiya doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan smartfon EKG apparat-dasturiy majmuasi asosida:
ADS1298 analog-raqamli o‘zgartirish qurilmasi asosida loyihalangan elektrokardiografiya apparat-dasturiy vositasini smartfon ilovasi bilan integratsiya qilinishi natijasida ishlab chiqilgan smartfon EKG apparat-dasturiy majmuasi «57-son Oilaviy poliklinikasi»da joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabr 33-8/7052-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi tibbiyot marakazlaridan tashqarida, navbatchi shifokorlar smartfon elektrokardiografiya apparat-dasturiy majmuasidan foydalanishi natijasida, elektrokardiogramma ma’lumotlarini olish vaqtini 1,8 martaga qisqartirish imkonini bergan;
elektrokardiogramma tasvirini hosil qilish algoritmi va miokard infarktni tashxislashning neyron tarmog‘iga asoslangan intellektual ishlov berish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita «Tib kelajagi» xususiy klinikasida joriy etilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 24 noyabr 33-8/7052 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasi miokard infarktni aniqlash imkoni 1,7 martaga va zaruriy amaliyotni o‘z vaqtida ko‘rsatishni 1,5 martaga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish