Sayt test rejimida ishlamoqda

2020 yilning 29 dekabrida davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi  Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida muhim voqea bo‘lgani shubhasizdir.
OAKda Toshkent moliya instituti dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Jamoliddin Nurillaev ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirda dastlab Murojaatnomaning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. So‘ngra notiq “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Murojaatnomasida qo‘yilgan yangi vazifalar” mavzusida slayd-taqdimotini o‘tkazib, o‘zining fikr-mulohazalarini bayon etdi.

      

Tadbir davomida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”deb nomlangan 2021 yilda ilg‘or xorijiy amaliyot asosida dotsent va professor ilmiy unvonlari hamda falsafa doktori va fan doktori ilmiy darajalarini tasdiqlash vakolatini o‘z yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli oliygohlarga berish bo‘yicha metodik va ilmiy-tashkiliy ishlarni amalga oshirishga doir vazifalar xususida ham fikrlar aytildi.
Murojaatnomada belgilab berilgan davlat boshqaruvi idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, boshqaruv idoralarining masalalarni hal qilishdagi mas’uliyat va javobgarligini kuchaytirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, islohotlar samarasini har bir inson o‘z hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va samarali ta’minlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash kabi dolzarb vazifalar batafsil bayon qilindi.
Tadbir “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyishi va savol-javoblar bilan yakun topdi.


OAK Axborot xizmati

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish