Bazarov Zakir Xonqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt472.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Allayarov Fazliddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning individual riskini baholashning bazaviy ta’rifini hisoblash asosida tibbiy sug‘urtadagi mavjud risklarni kamaytirish asoslangan;
sug‘urta tashkilotida xarajatlarni kamaytirish va sug‘urta qoplamalarini iqtisod qilishda firibgarlikni aniqlash va moliyaviy yo‘qotishlarni hisoblash mexanizmi taklif etilgan;
tejamkorlik, samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlarini qo‘llash asosida tibbiy sug‘urta tizimini baholash ketma-ketligi taklif etilgan;
sug‘urtalanuvchilar tibbiy ma’lumotlari asosida turistlarni kompleks tibbiy sug‘urtalash anderraytingi faoliyat samaradorligini oshirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tibbiy sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning individual riskini baholashning bazaviy ta’rifini hisoblash asosida tibbiy sug‘urtadagi mavjud risklarni kamaytirish bo‘yicha taklifi “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan sug‘urta summasini hisoblashda foydalanilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 22 iyuldagi 04-845-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tibbiy sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta tarif stavkasi mezonlari aniqlangan va sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta shartnomalarini tuzish soddalashtirilgan. Natijada, kompaniya tomonidan tuzilgan sug‘uta shartnomalarining soni 151 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 431 foizga yoki 116 taga oshishi ta’minlangan;
sug‘urta tashkilotida xarajatlarni kamaytirish va sug‘urta qoplamalarini iqtisod qilishda firibgarlikni aniqlash va moliyaviy yo‘qotishlarni hisoblash bo‘yicha taklifi “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati tomonidan sug‘urta qoplamalarini to‘lashda foydalanilgan (“ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 22 iyuldagi 04-845-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “ALSKOM” sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining xarajatlari kamayishiga, sug‘urta qoplamalarini iqtisod qilishga erishilgan. Natijada, kompaniya tomonidan sug‘urta qoplamalari 1 374 694,34 ming. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,8 foizga yoki 1 226 366,83 ming.so‘mga kamayishi ta’minlangan;
tejamkorlik, samaradorlik va natijaviylik ko‘rsatkichlarini qo‘llash asosida tibbiy sug‘urta tizimini baholash ketma-ketligi bo‘yicha taklifi “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta shartnomalarini rasmiylashtirishda foydalanilgan (“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 23 iyuldagi 03-18/2000-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi”AJ tomonidan inobatga olingan holda ish tashkil etilishi natijasida kompaniya tomonidan turistlar bilan kompleks tibbiy sug‘urta bo‘yicha tuzilgan shartnomalari soni 1865 taga etib, 2019 yilda ushbu sug‘urta turi bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari miqdori 2,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 136,0 foizga oshishi ta’minlangan;
sug‘urtalanuvchilar tibbiy ma’lumotlari asosida turistlarni kompleks tibbiy sug‘urtalash anderraytingi faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi “KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urta xizmatlarini tashkil etishda foydalanilgan (“KAFOLAT sug’urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 23 iyuldagi 03-18/2000-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistlarni kompleks tibbiy sug‘urtalash va chet elga chiqayotgan fuqarolarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta tarif stavkasi mezonlari aniqlangan va sug‘urta tashkiloti tomonidan sug‘urta shartnomalarini tuzish soddalashtirilgan. Natijada, kompaniya tomonidan tuzilgan sug‘urta shartnomalar soni 29240 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 182,0 foizga oshgan.