Qodirova Fazilat Shukurovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizaynga oid terminlarning lingvokul`turologik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil435.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Paluanova Xalifa Daribaevna, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizayn terminlarining lingvokul`turologik xususiyatlarini chog‘ishtirma aspektda tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tilning ichki resurslariga tayangan holda ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at va dizayn terminlarining semantik va derivatsion strukturasi hamda o‘zlashma qatlamining umumiy va farqli jihatlari aniqlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizayn terminlarining leksik-semantik guruhlari tasnifiga asoslangan holda terminologik maydonning davriylik, harakatchanlik, yaxlitlik, moslashuvchanlik, uzluksizlik kabi belgilarga egaligi isbotlangan;
rang konseptining olamning lisoniy manzarasini yaratishdagi o‘rni til vakillarining rang bilan bog‘liq milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlari asosida dalillangan;
ilk bor ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at va dizaynga oid milliy-madaniy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan termin-realiyalarning lingvokul`turologik xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizayn terminlarining shakllanishi, derivatsion va lingvokul`turologik xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
tilning ichki resurslariga tayangan holda ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at va dizayn terminlarining semantik va derivatsion strukturasi hamda o‘zlashma qatlamiga oid ilmiy xulosalardan respublikadagi barcha san’at yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun yaratilgan «Xorijiy til» nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 14 iyundagi 531-son buyrug‘iga asosan berilgan guvohnoma). Natijada, san’at yo‘nalishi bo‘yicha ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at va dizayn terminlarining semantik va derivatsion strukturasiga oid didaktik tamoyillar takomillashgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi tasviriy san’at va dizayn terminlarining leksik-semantik guruhlari tasnifiga asoslangan holda terminologik maydonning davriylik, harakatchanlik, yaxlitlik, moslashuvchanlik, uzluksizlik kabi belgilarga egaligi borasidagi xulosalarga oid materiallardan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida bajarilayotgan PZ-2017-0930403 «Yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlashda islom tasviriy san’atining o‘rni» mavzuidagi loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 fevraldagi 89-03-593-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishi terminologik maydonining davriylik, harakatchanlik, yaxlitlik, moslashuvchanlik, uzluksizlik kabi belgilarga egaligiga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
rang konseptining olamning lisoniy manzarasini yaratishdagi o‘rni til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlariga doir xulosalardan «Inson - muhit - san’at - 2019» nomli II-Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesida foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining 2020 yil 7 fevraldagi 01-17/59-161-son ma’lumotnomasi). Natijada, «Sharq afsonalari», «A’lo baxmal» milliy liboslar namoyishlari hamda «San’atdagi globalizm va milliy o‘ziga xoslik» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya konsepsiyasi til vakillarining milliy, etnik, tarixiy, ideologik qarashlari asosida boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida tasviriy san’at va dizaynga oid milliy-madaniy ko‘rsatkichga ega bo‘lgan termin-realiyalarning lingvokul`turologik xususiyatlariga doir xulosalardan O‘zA saytida respublikada olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bo‘yicha axborotlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2020 yil 6 fevraldagi 01-23/201-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari Internet jurnalistikasining axborot ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.