Tashmanov G‘olib Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki audit xizmatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt1010.
Ilmiy rahbar: Karimov Ne’matulla Fatxullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Azizov Sherzod O‘ktamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki audit xizmatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida ichki audit xizmati faoliyatini amalga oshirishda boshqaruv bilan bog‘liq iqtisodiy-moliyaviy risklarni aniqlash va baholashni kiritish orqali xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan;
ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malakalarini hisobga olgan holda auditorlik tekshiruvlarining aniq rejalari bo‘yicha vaqt sarfini belgilashning audit ish samaradorligiga va sifatiga ta’siri aniqlangan;
ichki nazorat tizimiga baho berish, tahliliy amallarni qo‘llash orqali auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni kamaytirish asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining ichki nazorat tizimiga ta’sir etuvchi iqtisodiy vaziyat, raqobat darajasi, bankrotlik ehtimoli hamda moliyaviy holat omillarini aniqlash asosida ichki audit xizmati nazorat riskini hisoblash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ichki audit xizmatini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ boshqaruv tizimida ichki audit xizmati faoliyatini amalga oshirishda boshqaruv bilan bog‘liq iqtisodiy-moliyaaiy risklarni aniqlash va baholashni kiritish orqali xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zpaxtasanoat» AJ tomonidan ichki audit xizmatini tashkil etishda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 10 martdagi 03-33/982-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzatuv kengash tomonidan tasdiqlanadigan qarorlarda ichki audit xizmatining roli va ahamiyati, ichki nazoratni samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan so‘rovnomalar va ularning tahlili natijalari boshqaruv qarorlarini operativ qabul qilish imkonini bergan;
ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malakalarini xisobga olgan holda auditorlik tekshiruvlarining aniq rejalari bo‘yicha vaqt sarfini belgilashning audit ish samaradorligiga va sifatiga ta’siri bo‘yicha taklifi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ tomonidan ichki audit xizmatini tashkil etishda foydalanilgan («Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2020 yil 27 oktyabrdagi 01-13/3237-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichki audit xizmatining ish faoliyatini rejalashtirish, umumiy rejani va dasturning bajarilishi yuzasidan nazoratni olib borish imkoni yaratilgan, ichki audit xizmati xodimlarining kasbiy malakasiga asosan ham auditni rejalashtirishga 505 soat, auditorlik amallarga 2395 soat hamda hisobot tayyorlashga 340 soat, jami yillik 3240 soat hisoblangan;
ichki nazorat tizimiga baho berish, tahliliy amallarni qo‘llash orqali auditorlik tekshiruvi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni kamaytirish bo‘yicha taklifi «Dehqonobod kaliy zavodi» AJ tomonidan risklarni baholashda foydalanilgan («Dehqonobod kaliy zavodi» AJning 2020 yil 27 oktyabrdagi 01-13/3237-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki auditorlarning dasturida ko‘rsatilgan tekshirish ob’ektlari bo‘yicha audit hamda tahliliy amallar amalga oshirilgan, hamda aniqlangan kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilgan va yuzaga keladigan risklar aniqlangan;
aksiyadorlik jamiyatlarining ichki nazorat tizimiga ta’sir etuvchi iqtisodiy vaziyat, raqobat darajasi, bankrotlik ehtimoli hamda moliyaviy holat omillarni aniqlash asosida ichki audit xizmati nazorat riskini hisoblash bo‘yicha taklifi «O‘zpaxtasanoat» AJ tomonidan ichki nazorat tizimini baholashda foydalanilgan («O‘zpaxtasanoat» AJning 2020 yil 10 martdagi 03-33/982-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki auditorlar tomonidan korxonaning iqtisodiy vaziyati, mahsulotlarni sotish va sotib olishda tashqi va ichki bozorlarning ta’siri, jamiyatning moliyaviy holatlari, buxgalteriya hisobi, kelgusidagi strategiyalar hamda maqsadlar va biznes bilan bog‘liq omillar orqali ichki nazorat risklari maxsus formulalar orqali hisoblangan, hamda ichki auditorlar ish jarayonlaridagi nazorat tizimini olib borishida risklardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.