Rashidov Mels Karimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini erkin iqtisodiy zonalar faolligini ta’minlash asosida rivojlantirish”, 08.00.12–Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt 1171.
Ilmiy rahbar: Nizamov Aslitdin Badriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Xikmatulla Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini erkin iqtisodiy zonalar faolligi asosida rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
erkin iqtisodiy zonalarning mintaqalarni rivojlantirishga bevosita ta’sirini hisobga olgan holda hududlarda innovatsion texnologiyalarga asoslangan sanoat kooperatsiyasi, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo tarmoqlarini ustuvor rivojlantirish asoslangan;
Navoiy, Toshkent va Jizzax mintaqalaridagi erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini ishlab chiqarish va infratuzilma ob’ektlarini o‘zaro mutanosib rivojlantirish hamda investision faollikni ta’minlash asosida oshirish taklif etilgan;
erkin iqtisodiy zonalarning boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish maqsadida vazirliklar, zona direksiyasi va mintaqalarning vakolatlarini muvofiqlashtirish uchun suv, er va mehnat resurslaridan unumli foydalanishda mahalliy hokimiyatning mas’uliyatini oshirish va vazifalarini kengaytirish asoslangan;
ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish nuqtasi sifatida erkin iqtisodiy zonalar salohiyatidan samarali foydalanish asosida Navoiy, Toshkent va Jizzax mintaqalarini 2030 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erkin iqtisodiy zonalar faolligi asosida mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirish nuqtai nazaridan erkin iqtisodiy zonalarni joylashtirishda va faoliyatini amalga oshirishda innovatsion yondashuvning zaruriyati to‘g‘risidagi takliflar Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Navoiy viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan “Navoiy viloyatini 2030 yilgacha rivojlantirish dasturi”da foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 6 noyabrdagi 4-8/4-20-2674-son hamda Navoiy viloyati hokimligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 04-04/1964-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida erkin iqtisodiy zonalar boshqaruvi uchun davlat byudjetidan qilinishi lozim bo‘lgan xarajatlarni o‘rtacha hisobda 1,6% ga kamaytirishga erishilgan;
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ta’sir darajasi ko‘p omilli indeks usulidan foydalanish asosida baholash natijalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Navoiy erkin iqtisodiy zona direksiyasida mavjud salohiyatdan samarali foydalanish bo‘yicha “Navoiy erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari”ni tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 6 noyabrdagi 4-8/4-20-2674-son hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi” DUKning 2019 yil 14 fevraldagi 01/71-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash hududning boy tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, eksport salohiyatini oshirish va yangi ish joylarini tashkil qilishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
xorijiy tajribalarni o‘rganish natijasida uch darajadagi boshqaruv faoliyati samaradorligini muvofiqlashtirish orqali EIZlar faolligini oshirish va natijada hududning iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi model` Navoiy viloyati hokimligi, Navoiy erkin iqtisodiy zona direksiyasi boshqaruv tizimini takomillashtirishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 04-04/1964-son hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi” DUKning 2019 yil 14 fevraldagi 01/71-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif erkin iqtisodiy zonalarda boshqaruvni makro, mikro va mintaqa darajasida maqsadlarni muvofiqlashtirgan holda ish olib borish imkonini yaratgan;
mintaqa iqtisodiyotini erkin iqtisodiy zonalar orqali rivojlantirish bo‘yicha ilmiy takliflar va mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasi doirasida 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlar Navoiy viloyati hokimiyatida o‘rta va uzoq muddatli prognozni shakllantirishda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2019 yil 10 sentyabrdagi 04-04/1964-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi va olingan natijalar asosida Navoiy viloyatining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan.