Yakubov Yo‘ldosh Yusupboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sintetik seolitlarda turli xil tuzilishli molekulalar adsorbsiyasining energetikasi», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/K96.
Ilmiy maslahatchi: Raxmatkarieva Firuza G‘ayratovna, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilov Ravshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikromovich, kimyo fanlari doktori, professor; Quldasheva Shahnoza Abdulazizovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H+, K+, NH4+ -ZSM-5 tipdagi seolitlarda turli xil tuzilishli gaz va bug‘ molekulalari adsorbsiyasining asosiy termodinamik xususiyatlari, izotermasi hamda mexanizmini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
n-Geptan, n-geksan, suv, metil va etil spirtlari, ammiak, CO2, trietilamin, benzol, hamda orto-, meta-, para- ksilollarning H+, K+, NH4+ -ZSM-5 seolitida adsorbsiyalanishi asosiy termodinamik tavsiflari (N, G va S) va izotermasi olingan, hamda adsorbsiya izotermasini mikrog‘ovaklarning hajmiy to‘yinish nazariyasining (MHTN) ikki va uch hadli matematik tenglamalari asosida isbotlangan;
adsorbsiya jarayonida NZSM-5 seolitining yon kanallaridan to‘g‘ri va zigzak kanallar kesishish bo‘shliqlariga protonlarning ko‘chishi, K+, NH4+ -ZSM-5 seolitlarida esa K+ va NH4+ kationlarining migratsiyasi kuzatilmaganligi isbotlangan;
KZSM-5 seolitida uglerod dioksid adsorbsiyasini to‘yinishiga yaqin trimer holatdagi ion-kvadrupol kompleks (SO2)3/K+ hosil bo‘lishi aniqlangan;
ZSM-5 seolitlarida metanolning adsorbsiyasida metoksi guruhi K+ hamda N+ kationlar bilan o‘zoro ta’sirlashib, faqat 1 : 1 nisbatda to‘g‘ri va zigzak kanallarida “S” ko‘rinishidagi kompleks, 1 : 4 nisbat bilan esa to‘g‘ri va zigzak kanallari kesishmasida tetraedrik {SN3O}4N+ kompleks hosil qilishi isbotlangan;
seolit markazlarida joylashgan kationlarning faolligi oshib borishi bilan ularda adsorbsiya nisbatining oshishi isbotlandi. Masalan, faol markazida N+ bo‘lgan ZSM-5 seolitiga o‘rtacha 17 ta H2O/e.ya. to‘g‘ri kelsa, KZSM-5 seolitida 36 ta H2O/e.ya., adsorbsiyalanishi aniqlangan;
seolitlarda suv, metanol va etanolni adsorbsiyalanishi vaqtida adsorbsiya muvozanatini o‘rnatish vaqti sekin (a<2,4 mmol`/g) va tez (a>2,4 mmol`/g) borishi aniqlangan.
ZSM-5 seolitlari anologining tashqi sirtiga trietilamin adsorbsiyasining termodinamik xususiyatlarini aniqlash natijasida seolitning tashqi yuzasida 2 xil turdagi adsorbsion markazlarning mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida yuqori aniqlikdagi adsorbsiyaning to‘liq termodinamik tavsiflari (N, G va S) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
MFI (ZSM-5) seolitlarida adsorbsion-kalorimetr usuli yordamida olingan adsorbsiyaning differensial issiqligi, izotermasi, entropiyasi va termokinetikalari asosida olingan natijalar FA-F7-012 raqamli “Polifunksional ta’sirli qator metallarning yangi aralash ligandli koordinatsion birikmalarining sintezi, tuzilishlarining o‘ziga xosligi, reaksiya qobiliyatlari va biologik xossalarining ilmiy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada turli xil tuzilishli va faol markazga ega koordinatsion birikmalarda sorbsiyalanish xossasining mexanizmlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 28 oktyabrdagi 4/1255-2327-son ma’lumotnomasi). Natijada, seolitlar va koordinatsion birikmalarning tarkibidagi atom, molekulalar va ionlardagi bog‘lar tabiati, hamda energiyalari aniqlanib, turli fizik-kimyoviy xossalari, shuningdek termodinamik xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
ZSM-5 tipidagi seolitlar analoglari «Chinoz NQIZ» MChJda avtomobil` benzinini tarkibidagi qo‘shimcha aromatik birikmalardan (benzol) va oltingugurtli birikmalardan tozalashda, hamda dizel yoqilg‘isini zararli moddalardan, ya’ni azotli birikmalar va oltingugurtli moddalardan tozalash ishlanmalari «O‘zbekneftgaz» AJning «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 14 dekabrdagi 03-17-5/158-son ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil` benzini tarkibidagi qo‘shimcha aromatik birikmalardan (benzol) va oltingugurtli birikmalardan tozalash darajasini 3–10 barobarga, shuningdek dizel yoqilg‘isini tarkibidagi zararli azot birikmalari va oltingugurtli moddalardan tozalanish darajasini 80% va 93,75% oshirish imkonini bergan;
ZSM-5 tipidagi seolitlar analoglari «Chinoz NQIZ» MChJda asos moylari va oqova suvlaridan ekologiya uchun xafvli bo‘lgan ammiak, hamda benzol moddalarini ajratib olish usullari «O‘zneftmahsulot» AJning «2021–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zneftmahsulot» AJning 2019 yil 26 iyuldagi 29/15-1395-son ma’lumotnomasi). Natijada, ammiak va benzol moddalarini ajratib olishni mos ravishda ruhsat etilgan ko‘rsatgich qiymatlaridan 0,01 mg/l va 0,002 mg/l ga kamaytirish imkonini bergan.