Djakaeva Kenjagul Davletboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Akademik liseylarda algebrani samarali o‘qitish orqali iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped608.
Ilmiy rahbar: Tojiev Mamarajab, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Amangeldi Bazarbaevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Akmalov Abbos Akramovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi akademik liseylarda algebrani samarali o‘qitish orqali iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
algebrani o‘qitish jarayonida iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash tuzilmasi ijodiy faollik, bilishga intilish, mustaqillik, qaror qabul qilish; aniq maqsadga yo‘nalganlik, muammoni ko‘ra olish, al`ternativ (muqobil) va divergent fikrlash ko‘nikmalarining kognitiv kompetensiya bilan faol integratsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
“Algebra va matematik analiz asoslari” fanini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitishning metodik tizimi fanlararo ichki integratsiyaning vertikal va gorizontal munosabatlar doirasini iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning “bending” (banding – tasmalarga ajratish), “striming” (streaming – potoklarga ajratish), “setting” (setting – soha, guruhlarga ajratish) shakllari bilan qayta aloqaga kirishishini maqbul belgilash orqali takomillashtirilgan;
algebrani samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish algoritmi (loyihasi, bosqichlari) modulli ta’limning kichik guruhlarda, komandada ishlash, dialogli, grafikli modellarini kooperativ o‘qitish texnikalari bilan uyg‘unligini ta’minlashga yo‘naltirilgan vertikal va gorizontal strukturalash tartibini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
akademik liseylarda algebra kursini o‘qitish jarayonida iqtidorli o‘quvchilarni matematik olimpiadalarga tayyorlash metodikasi an’anaviy (tenglama va tengsizliklarni echish) va noan’anaviy (kognitiv kompetentlikka yo‘naltirilgan masalalar) usullarni koordinatsion yondashuv bilan adaptiv variantlarda intensiv qo‘llanilishini bevosita hisobga olish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik liseylarning aniq fanlar yo‘nalishida algebra fanini yangi pedagogik texnologiya bo‘yicha o‘qitishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
algebrani o‘qitish jarayonida iqtidorli o‘quvchilarni maqsadli tayyorlash tuzilmasini aniqlashtirish, ijodiy faollik, bilishga intilish, mustaqillik, qaror qabul qilish, aniq maqsadga yo‘nalganlik, muammoni ko‘ra olish, al`ternativ va divergent fikrlash ko‘nikmalarining kognitiv kompetensiya bilan faol integratsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan akdemik liseylar uchun “Matematikaliq analiz (I, II bo‘lim)” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 martdagi 89-03-1078-son ma’lumotnomasi; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522 son bo‘yrug‘i). Natijada, akademik liseylarda matematik analiz asoslari fanini o‘qitish samaradorligini oshirishga erishilgan;
“Algebra va matematik analiz asoslari” fanini kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitishning metodik tizimi, algebrani samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish algoritmi, modulli ta’limning kichik guruhlarda, komandada ishlash, dialogli, grafikli modellarini kooperativ o‘qitish texnikalari bilan uyg‘unligini ta’minlashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan akademik liseylar uchun “Algebra hәm analiz baslamalari” o‘quv qo‘llansini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 martdagi 89-03-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif va tavsiyalar akademik liseylarda algebrani kasbiy sohaga yo‘naltirib o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
akademik liseylarda algebra kursini o‘qitish jarayonida iqtidorli o‘quvchilarni matematik olimpiadalarga tayyorlash metodikasini takomillashtirish, an’anaviy va noan’anaviy usullarni koordinatsion yondashuv bilan adaptiv variantlarda intensiv qo‘llanilishini bevosita hisobga olishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-1-45 “Pedagogik texnologiyaning milliy modeli asosida o‘quv mashg‘ulotlari loyi¬ha¬sini tuzish va amaliyotda qo‘llash” amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 martdagi 89-03-1078-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu iqtidorli o‘quvchilarning matematika bo‘yicha xalqaro olimpiadalardagi ishtirokining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.