Qirgizboev Faxriddin Dehqonovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqxonalarda etishtirishga mos qulupnay nav namunalarini o‘rganish va yirik mevali, eksportbop navlarini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Qx657.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ravshan Mavlyanovich, qishloq xo‘jalik fan nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/30.12.2019.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: Qulupnayning “Tong ifori” navi (NAP 00281). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 17 noyabrdagi 01-11/1860-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qulupnayning issiqxonalarda kuzgi-qishki va qishki-bahorgi muddatlarda etishtirish uchun mos, meva sifati yaxshi, yuqori hosildor, yirik mevali, transportbop va eksport uchun mos yangi navlarini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor qulupnayning 11 ta chet el nav namunalari va mahalliy navlari issiqxona sharoitida kompleks qimmatli xo‘jalik belgilari aniqlangan va ma’lumotlar bazasi yaratilgan;
ilk bor qulupnayning chet el germoplazmasi va mahalliy nav namunalarini issiqxona sharoitida seleksiya uchun qimmatli kompleks xo‘jalik belgi va xususiyatlarga ega birlamchi manbalar ajratilgan;
istiqbolli klonlardan duragay kombinatsiyalar olingan; 
duragay kombinatsiyalardan yakka tanlash asosida meva sifati yaxshi, yuqori hosildor, mevasi yirik, transportbop va eksportbop “Tong ifori” navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqxonalarda etishtirishga mos qulupnay nav namunalarini o‘rganish va yirik mevali, eksportbop navlarini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
qulupnayning meva sifati yaxshi, yuqori hosildor, mevasi yirik, transportbop va eksportbop “Tong ifori” navi yaratilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi xuzuridagi Intellektual mulk agentligining seleksiya yutug‘iga patenti (NAP 00281) olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 02/029-3996 - son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qulupnay navidan ekib kelayotgan boshqa andoza navlarga nisbatan yuqori va sifatli hosil olishga erishilgan;
qulupnayning “Tong ifori” navi Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2020 yilda “Nigora Baxt Agro” mas’uliyati cheklangan jamiyatida 0,35 gektar maydonga, “Adxam Agro eksport” ma’suliyati cheklangan jamiyatida 0,50 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 02/029-3996-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy samaradorlik gektariga o‘rtacha 562,2 mln so‘mni va rentabellik darajasi 574,8 % ni tashkil etgan. 
qulupnayning yaratilgan “Tong ifori” navini issiqxonalarda etishtirish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 noyabrdagi 02/029-3996-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomadan issiqxona xo‘jaliklaridagi keng foydalanilmoqda.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish