Samieva Gulnoza Utkurovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bolalarda stenozli laringotraxeitlarni kompleks tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.Tib348.
Ilmiy maslahatchi: Karabaev Xurram Esankulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.17.01.
Rasmiy opponentlar: Evgenius Lesinkas, tibbiyot fanlari doktori, professor (Litva); Tulebaev Rays Kajkenovich, Qozog‘iston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nigora Nusratovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Koreya Milliy universiteti (Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda o‘tkir stenozlovchi laringotraxeitni profilaktika, tashxislash va davolash tadbirlarining samaraliligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birlamchi stenozli laringotraxeit va qaytalanuvchi stenozlovchi laringotraxeitlarning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi korrelyativ bog‘liqlik aniqlangan;
o‘tkir stenozli laringotraxeit kasalligining paydo bo‘lishi va rivojlanishida immun tizimidagi o‘zgarishlar, lipidlarning perekisli oksidlanish jarayoni hamda antioksidant himoyaning ishtiroki aniqlangan;
hujayraviy immun tizimi ko‘rsatkichlarining pasayishi (SDZ, SD8), komplementar aktivlikning ortishi va IgA ning pasayishi hamda IgM miqdorining ortishi bilan namoyon bo‘ladigan disimmunoglobulinemiya bilan uyg‘un kechishi isbotlangan;
birlamchi stenozli laringotraxeit bilan og‘rigan bolalarda immun tizimi buzilishlari IgA2- IgM1+ CD81- IgG1-CD161+ CD31+ Limf3- CD43+ Leyk2+ formulasi ko‘rinishida immunitet disbalansi gipo- va giperfunksiya ko‘rsatkichlari belgilab berilgan;
bolalardagi qaytalanuvchi stenozlovchi laringotraxeit kasalligida immun tizimidagi o‘zgarishlar IgG2- IgA2- IgM1+ CD41- CD82- Limf3+ CD31+ Leyk2+ CD161+ formulasi ko‘rinishda aniqlangan;
o‘tkir stenozli laringotraxeit bilan og‘rigan bolalarda kompleks davolash o‘tkazilishining samaradorligi isbotlangan;
o‘tkir stenozli laringotraxeit rivojlanish xavfining prognostik mezonlari va xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bolalarda o‘tkir stenozlovchi laringotraxeitlarni davolash va erta tashxislash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘tkir stenozlovchi laringotraxeitlarni davolash va prognozlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar bo‘yicha Intellektual mulk agentligining «Bolalardagi laringotraxeitni davolash va residivini oldini olish usuli»ga ixtiro patenti olingan (№ IAP 05257; 15.08.2016). Ilmiy natijalar asosida o‘tkazilgan davolash chora-tadbirlari o‘tkir stenozli laringotraxeit bilan kasallangan bemor bolalarning shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 3,5 o‘rin kunga qisqarishiga olib keldi hamda qaytalanishlar sonining 3-4 martaga kamaytirish imkonini berdi;
o‘tkir stenozlovchi laringotraxeitlarni davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida «O‘tkir stenozlovchi laringotraxeit bilan kasallangan bolalarni olib borish taktikasi uslubiy qo‘llanma» tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 sentyabrdagi 8H-g/38-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda o‘tkir stenozlovchi laringotraxeitlarni davolash va erta tashxislash taktikasi samaradorligini oshirishga imkon beradi;
o‘tkir stenozlovchi laringotraxeit bilan kasallangan bolalarni davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi va Samarqand ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2015 yil 10 sentyabrdagi 8H-g/38-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan diagnostika va davolash algoritmlari asosida kompleks davolangan 97,5% birlamchi stenozli laringotraxeit bilan og‘rigan bolalar hamda 86,3% qaytalanuvchi stenozlovchi laringotraxeit bilan og‘rigan bolalarda ijobiy terapevtik samaraga erishilgan.