Abdukarimov Mirzoxid Murotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida polimerli antikorrozion qoplamalarni yaratish va tadqiq qilish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T577. 
Ilmiy rahbar: Yodgorov Normaxmad, kimyo fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universeteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.78.01. 
Rasmiy opponentlar: Karimov Ma’sud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori; Xolnazarov Bahodir A’zamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol smolasi, gidrolizlangan poliakrilonitril, akril monomeri, etanolaminlar asosida yangi antikorrozion qoplamalarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan yangi avlod antikorrozion qoplamalari bilan himoya mexanizmini, shuningdek o‘z-o‘zini tashkil etuvchi sirt qatlamlarini shakllantirish qobiliyati aniqlangan;
metall yuzalarida yuqori yopishqoqlikka ega bo‘lgan antikorrozion qoplamalar po‘latlarning erishini sezilarli darajada sekinlashishiga olib kelishi aniqlangan;
antikorrozion qoplamalarda elektrod yuzasini to‘ldirish darajasi, metallning erish tezligi, adsorbsion muvozanat konstantasi va korroziyaga qarshi qoplamalarda tarkibiy qismlarning o‘zaro ta’sir koeffisienti aniqlangan;
zanglagan yuzani gossipol smolasi asosidagi qoplamalar bilan ishlov berish metallarning emirilish jarayonini susaytiradigan kam eriydigan barqaror birikmalarga aylanishiga yordam berishi isbotlangan;
antikorrozion qoplamalarning metall korroziyasini ingibirlashda ingibitorlik xususiyatlarini aniqlash hamda yangi antikorrozion qoplamalarni olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Gossipol smolasi asosida antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallarni korroziyadan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan gossipol smolasi asosidagi ko‘p komponentli ingibitorlar va antikorrozion qoplamalar «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak GQIZ»da ishlab chiqarishga joriy qilingan («O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak GQIZ»ning 2020 yil 5 noyabrdagi 10-02/EK-3207-son ma’lumotnomasi) Natijada, mahalliy xomashyolar asosida ishlab chiqarilgan arzon, yuqori samarali korroziya ingibitorlari ST20 markali po‘lat tarkibli korxona truboprovodlari, texnologik jixozlari va rezervuarlarini korroziyadan himoya qilishda qoplama sifatida foydalanish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan MIK-1, MIK-2, MIK-3 va MIK-4 antikorrozion qoplamalari «O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak GQIZ» korxonasida metall konstruksiyalari va qurilmalarini korroziyadan himoyalashda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekneftgaz» AJ «Muborak GQIZ»ning 2020 yil 5 noyabrdagi « 10-02/EK-3207-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gaz sanoatining metall konstruksiyalari va qurilmalarining ekspluatatsion muddatlarini 10–12% ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish