Irgasheva Gulmira Raximjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antioksidantlarning faolligini o‘rganish asosida vino ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.17 – Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1071. 
Ilmiy rahbar: Sapaeva Zamira Shavkatovna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01. 
Rasmiy opponentlar: Isabaev Ismoiljon Bobajanovich, texnika fanlari doktori, professor; Solomov Shaxzod Shodievich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: «O‘zbekiston shampani» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida oksidlanish jarayonlarining antioksidant faolligi va antioksidant himoya tizimini rostlash orqali vino texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy oq va qizil uzum navlaridan vino olishda antioksidant himoya tizimi ishlab chiqilgan;
oq nordon vinomateriallarning antioksidant faolligi nofenol xususiyatiga egaligi, qizil nordon vinolarning antioksidant himoya tizimi oksidlovchi fermentlarining yuqori faolligi bilan asoslangan; 
qizil vinolarning antioksidant faolligi tirozinaza fermenti bilan bog‘liqligi isbotlangan;
uzum turpida rang beruvchi antioksidant - mal`vidinning miqdori 18% gacha etishligi kuzatilib, ajratish jarayonining maqbul parametrlari aniqlangan;
mustahkam antioksidant himoya tizimi va uzaytirilgan kafolatlangan saqlash muddatiga ega yuqori sifatli vinolar ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mahalliy oq va qizil uzum navlaridan mustahkam antioksidant himoya tizimi va uzaytirilgan kafolatlangan saqlash muddatiga ega yuqori sifatli vinolar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish natijalari asosida: 
mutahkam antioksidant himoya tizimiga ega vino ishlab chiqarish texnologiyasi «Mehnat» MChJ va «Xamkor» XKlarda amaliyotga joriy etilgan (Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 22 iyundagi 03-10/1876-son ma’lumotnomasi). Natijada, qizil uzum navlarini qayta ishlash jarayonida antioksidant himoyasi kuchaytirilgan, qizil nordon vinolarning kafolatlangan saqlash muddatini 16 oygacha uzaytirish imkonini bergan;
antioksidantlik himoya tizimiga kiruvchi fermentlar faolligini ta’minlovchi vino ishlab chiqarish texnologiyasi «Mehnat» MChJ va «Xamkor» XKlarda amaliyotga joriy etilgan (Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining 2020 yil 22 iyundagi 03-10/1876 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, etilish muddatlari 7% qisqartirilgan quvvatlagan vino ishlab chiqarish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish