Il`yasova Gulnara Kenesbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi xududi yosh o‘smirlarining jismoniy rivojlanish va vegetativ ko‘rsatkichlariga harakat  faoliyati darajasining ta’siri», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/B402. 
Ilmiy rahbar: Matchanov Azat Taubaldievich,  biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqolpaq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.02.08. 
Rasmiy opponentlar: Kurbanov Shaniyaz, biologiya fanlari doktori, professor; Dushanova Gavxar Abdukarimovna, biologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi hududida yosh o‘smirlardagi jismoniy rivojlanishga va vegetativ ko‘rsatkichlariga harakat faoliyati darajasining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Orolbo‘yidagi noqulay ekologik sharoitda yashovchi o‘smirlar organizmining yoshga va yashash joyiga bog‘liq xolda jismoniy rivojlanishi hamda harakat faollik darajasida farqlar mavjudligi aniqlangan;
ilk bor Janubiy Orolbo‘yi hududida disgarmonik jismoniy rivojlangan o‘smir yoshidagi bolalarda harakat faolligi etishmasligi aniqlangan. 
ilk bor Janubiy Orolbo‘y mintaqasida yashovchi o‘smirlarda jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari vegetativ ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
Janubiy Orolbo‘y mintaqasida yashovchi o‘smirlarning nafas olish va yurak qon-tomirlari tizimi hamda vegetativ funksiyalar ko‘rsatgichlarining o‘zgarishi ekologik muhitga va fizik-geografik sharoitlarga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Janubiy Orolbo‘yi xududi yosh o‘smirlarining jismoniy rivojlanish va vegetativ ko‘rsatkichlariga harakat faoliyati darajasining ta’siri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘smirlarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari vegetativ ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligi hamda harakat faolligi ta’sirida yurak ritmi va tashqi nafas olish funksiyalariga bog‘liq yoshga oid o‘zgarishlar, jismoniy imkoniyatlarni belgilovchi vegetativ ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport sohasi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 3 iyundagi 01-07/04-806-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi o‘smirlarning moslashuvchanlik salohiyatini oshirishga qaratilgan sog‘lomlashtirish dasturlarini muvofiqlashtirish va takomillashtirish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yida yashovchi disgarmonik jismoniy rivojlangan o‘smirlarda harakat faolligi etarli darajada emasligi Qoraqalpog‘iston Respublikasining sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli tashkilotlarda mintaqaning fizik-geografik hamda ekologik vaziyatini yumshatishga qaratilgan chora tadbirlar ishlab chiqishda va organizmga salbiy ta’sirlarini kamaytirish tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limining 2020 yil 28 iyuldagi №43 - ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqadagi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtirish va takomillashtirish dasturlarini ishlab chiqish va mavjud dasturlar ijrosi samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish