Saidova Dilobar Ikrambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped1868.  
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minova Lola Rahimovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Rohatoy G‘aybullaevna, pedagogika  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirish texnologiyasini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:   
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aksiologik dunyoqarashni rivojlantirish komponentlar (ong, munosabat, ustanovka va orientatsiya) birligini va bevosita aloqadorligini empirik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish modeli qadriyatlar tizimi (kognitiv, tashkiliy, analitik-natijaviy) komponentlarini ijtimoiylashuvning mikroomillar (shaxsiy sifatlar, maktab va mehribonlik uylarining pedagogik jamoasi, sotsium) bilan ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;  
tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish texnologiyasi analitik, tashkiliy-tayyorlov, faoliyatga doir monitoring va natijaviy komponentlarni (motivatsion, kognitiv, faoliyatga doir) kognitiv faoliyatning sub’ektiv refleksivlik darajasi bilan optimallashtirish asosida takomillashtirilgan; 
mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni ijtimoiylashtirish mexanizmini samarali muloqot va integratsiya birligi asosida takomillashtirishda ijtimoiy institutlarning ta’sir darajasi barqarorligini ta’minlashga doir ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi 
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirish bo‘yicha ilmiy natijalar:
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlashtirish, nazariy-metodologik yondashuvlar, metodik ta’minotni takomillashtirish, ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga doir takliflardan “Mehribonlik uylari” to‘g‘risida”gi Nizom bilan tasdiqlangan me’yoriy-huquqiy hujjatlarni hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 12 avgustdagi “Ota-ona qaramog‘idan muhrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 263-son Qarori bilan tasdiqlangan dasturni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 01-02/2-2-492-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida mehribonlik uylarida etim bolalar va ota-onalarning qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga kompleks diagnostika, profilaktika, korreksiya ishlari, ijtimoiy-pedagogik va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqilgan;
tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirish modeli qadriyatlar tizimi komponentlarini takomillashtirishga oid takliflardan 2012-2014 yillarda bajarilgan OT-F8 raqamli “Talabalarni shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashtirish” fundamental loyihasi doirasida belgilangan vaziflarni bajarishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 01-02/2-2-492-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirishning diagnostik tizimi takomillashtirilgan; 
tarbiyalanuvchilarda qadriyatlar tizimini shakllantirishni optimallashtirish hamda mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishda  ijtimoiy institutlarning ta’sir darajasini barqarorlashtirishga oida takliflar 2014-2015 yillarda bajarilgan “Yoshlarda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy qadriyatlar negizida shakllantirish yo‘nalishidagi tadqiqotlar ilmiy natijalari asosida mul`timediya o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 23 noyabrdagi 01-02/2-2-492-son ma’lumotnomasi). Natijada, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida qadriyatlar tizimini shakllantirish samaradorligiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish