Mirzaev Mutalib Jo‘raevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘quvchi yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalari», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped.1078.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Aleuov O‘serbay, pedagogika fanlari doktori, professor; Adizov Baxtiyor Raxmanovich, pedagogika fanlari doktori.
Etaksi tashkilot: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchi yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligida ma’naviy tadbirlar tashkil etish orqali yoshlarda kitobxonlik madaniyati va uning shaxsni tarbiyalashdagi ahamiyati ochib berilgan;
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalari ta’lim jarayonida foydalanishning pedagogik imkoniyatlari yoshlarda ilm, ma’rifat, bilimdonlik va ist’edod kabi fazilatlarning mazmunini ochib berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarining samaradorligi va uning natijalarini aniqlash uchun, mazmun, usul, vosita yaratish maqsadida allomalarimiz merosi, xalq og‘zaki ijodi, hikmatlardan foydalanish, ma’naviy tafakkurli shaxsni tarbiyalashga ustuvorlik berish asosida rivojlantirilgan;
o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalarini rivojlanganlik darajalarini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlar o‘quvchi-yoshlarda ma’naviy tafakkurni tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalari modeli asosida ma’naviy tafakkurni yuksaltirish ko‘rsatkichlari (milliylik, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy) ta’siriga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalari bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalariga tizimli yondashish orqali noan’anaviy tarbiyaga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar “O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalash mazmuni takomillashtirilgan va maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalari samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumta’lim maktablaridagi o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarining rivojlanganlik darajalarini aniqlashga xizmat qiladigan mezonlarga oid takliflar “O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari” nomli uslubiy qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinf rahbarlari kasbiy faoliyatida mavjud bo‘lgan bo‘shliqlar bilan ishlashga qaratilgan tizimni aniqlashga xizmat qilgan;
o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda suhbat, bahs-munozara, o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlarini qo‘llashda interfaol ta’lim texnologiyalari: «Men kimman», «Mening oilam» texnologiyalari vositasida ma’naviy tafakkurni tarbiyalash modelini o‘zaro integrativ uyg‘unlashtirishga oid takliflari “O‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorligi texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari” nomli uslubiy qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1967-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlar ma’naviy tafakkurini tarbiyalashda maktab, oila va mahalla hamkorlik texnologiyalarini rivojlantirishga erishish imkoniyati yaratilgan.