Ernazarov Ortiq Eshnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish”,08.00.03 –Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2019.1.PhD/Iqt826.
Ilmiyrahbar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyotfanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlattexnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Mamlakat Abduqodirovna, iktisodiyot fanlari doktori, professor; Xonkeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori,professor.
Yetakchitashkilot: Toshkent arxitekturaqurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonalarida innovatsiyalar samaradorligini baholashda ularni qo‘llashning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qarorlarni qabul qilish imkonini beruvchi asosiy «tayanch nuqtalar» (integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, xarajatlarni qoplash davri)dan foydalanish taklifi asoslangan;
korxonaning innovatsion faoliyati samaradorligi tahlili resurslar ta’minoti, boshqaruv jarayoni va innovatsion salohiyatdan iborat ichki hamda kontragentlar, bozordagi raqobat, ilm-fan va innovatsion infratuzilma rivojlanishi kabi tashqi omillarning ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
innovatsion loyihani amaliyotga joriy qilishning moliyaviy to‘lovga qodirligini baholash sarflangan kapital xarajatlar o‘rnini to‘ldirishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq vaqt oralig‘ini o‘rnatish orqali takomillashtirilgan;
sanoat tarmog‘idagi innovatsion loyihalar portfelini shakllantirishda korxonalardagi innovatsion faoliyatning rivojlanganlik darajasini  hisobga olgan holda murakkabligi jihatidan turlicha bo‘lgan innovatsion loyihalarni ishlab chiqishga asoslangan tabaqalashgan yondashuvni qo‘llash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsiyalar asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimini integral samara, innovatsiyalar rentabelligi, xarajatlarni qoplash, yangiliklarni o‘zlashtirish xarajatlari kabi ko‘rsatkichlar asosida takomillashtirish taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida «Innovatsiyalarni rivojlantirish dasturi»ni shakllantirishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 28 iyuldagi 05/15-2390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish tatbiq etilayotgan ko‘rsatkichlarni tizimlashtirish asosida innovatsiyalarni joriy etishdan olingan iqtisodiy samaradorlikni 115,0%gacha oshirish imkonini bergan;
korxonaning innovatsion faoliyatini resurslar ta’minoti, boshqaruv jarayoni va innovatsion salohiyat bilan bog‘liq ichki hamda kontragentlar, bozordagi raqobat, ilm-fan va innovatsion infratuzilma rivojlanishining tashqi omillari ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirish taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida «Innovatsiyalarni rivojlantirish dasturi»ni shakllantirishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 28 iyuldagi 05/15-2390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatning ichki va tashqi omillarini hisobga olgan holda innovatsion loyihalarni realizatsiya qilish jarayonini 1,2 koeffisientga optimallashtirish imkonini bergan;
innovatsion loyihani realizatsiya qilishning moliyaviy to‘lovga qodirligini baholash ko‘rsatkichlari tizimini korxonaning rentabellik ko‘rsatkichlari, investisiyalardan foydalanish hamda moliyaviy holatni baholash ko‘rsatkichlari asosida tasniflash taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida «Innovatsiyalarni rivojlantirish dasturi»ni shakllantirishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 28 iyuldagi 05/15-2390-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan moliyaviy holatni baholash ko‘rsatkichlaridan foydalanish sanoat korxonasida innovatsion loyihani realizatsiya qilishni moliyaviy to‘lovga qodirligini baholashning iqtisodiy asoslanganlik darajasini 125,0%ga oshirish imkonini bergan;
innovatsion loyihalarni realizatsiya qilish portfelini shakllantirishni nazarda tutuvchi hamda innovatsion rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini hisobga olgan holda zamonaviy sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan konsepsiyani shakllantirish taklifidan «O‘zsanoatqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyatida «Innovatsiyalarni rivojlantirish dasturi»ni shakllantirishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2020 yil 28 iyuldagi 05/15-2390-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish innovatsion faoliyatga ajratilgan resurslardan foydalanish samaradorligini ta’minlovchi qarorlarni qabul qilishning amaliy vositalarini shakllantirishning iqtisodiy asoslanganlik darajasini 1,5 marta oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish