Toxtiyarova Shaxnoza Erkinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi nutk kamchiliklarini bartaraf etishning korreksion-logopedik jarayonini modellashtirish», 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1693.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna,  pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Feruzaxon Usmanovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishning korreksion-logopedik jarayonni modellashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni nuqson turiga ko‘ra tekshirish metodikalari logopedik skrining bo‘yicha saralash hamda logopedik tashhislash instrumentariysini  o‘zaro  mujassamlashtirish asosida takomillashtirilgan;
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’limiy imkoniyatlari ota-onalar bilan ishlash jarayonlarini  modellashtirish, korreksion-logopedik ta’sirning manzilliligini ta’minlash asosida rivojlantirilgan;
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korreksion-logopedik yordam tashkilotdagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlar dasturi bilan uyg‘unlashtirilib,  nutqiy ko‘nikmalarni nutqiy muloqot sharoitida mustahkamlash asosida takomillashtirilgan; 
fonetik-fonematik va nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalardagi  nutq kamchiliklarini bartaraf etish jarayoni individual korreksion-logopedik ish rejasi asosidagi mashg‘ulotlar kompleksini bola nutqining buzilish shakli, darajasi hamda ularning nutqiy imkoniyatlariga differensial moslashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi nutq kamchiliklarini bartaraf etishning korreksion-logopedik jarayonini modellashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchi bolalarda nutq nuqsonlarini aniqlash bo‘yicha takliflar “Psixologik-pedagogik diagnostika” nomli darslik (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 12 martdagi buyrug‘i,    455-son guvohnoma) mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-02-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘z vaqtida aniqlash va tashxislash  ishlarining samaradorligi oshirilgan;
fonetik-fonematik nutq kamchiligiga ega va nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalar bilan individual korreksion mashg‘ulotlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar “Maktabgacha va maktab yoshidagi murakkab nuqsonli bolalarning differensial ta’lim-tarbiya tizimini yaratish texnologiyasi” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-02-2263-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarga korreksion-logopedik yordam ko‘rsatish samaradorligi oshirilgan;
umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida korreksion-logopedik yordam tashkilotdagi ta’limiy-tarbiyaviy vazifalar bilan uyg‘unlashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 89-02-2263-son ma’lumotnomasi).  Natijada, ta’lim tashkilotlarida nutqida kamchiligi bo‘lgan bolalarga manzilli yordam ko‘rsatish samaradorligi oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish