Muzaffarov Asror Mamalatifovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizm - madaniyatlararo muloqotni pivojlantirish omili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/FaI218.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Azamat Muxtarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.30.12. 2019. F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Xurram Farmonovich , falsafa fanlari doktori, professor; Nishonova Ozoda Djalolitdinovna falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sharoitida turizmning madaniy, integrativ funksiyasining madaniyatlararo muloqot vositasi sifatidagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq tizim sifatida turizmning ichki (milliy-tarixiy) va tashqi (xalqaro standartlarga muofiqliklik) shakllari hamda unda madaniyatlararo muloqotning kommunikativ ahamiyati ochib berilgan;
murakkab iqtisodiy va sotsiomadaniy fenomen sifatida turizmning hududiy-mintaqaviy o‘zgaruvchanlik xususiyatlari asoslab berilgan;
turizm ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida sog‘lomlashtirish, rivojlanish, ijtimoiy maqom, ijtimoiy integratsiya va madaniy identifikatsiya qilish vositasi ekanligi ochib berilgan;
turizmni rivojlantirishning muhim tashkiliy va boshqaruv sharti sifatida sayyohlik sektorini tartibga soluvchi davlat organlari maqomini yanada oshirish va uni boshqa muhim iqtisodiy sektorlar ya’ni, nazorat qiluvchi tuzilmalar maqomiga tenglashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm madaniyatlararo muloqot omiliga oid tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ochiq tizim sifatida turizmning ichki (milliy-tarixiy) va tashqi (xalqaro standartlarga muofiqliklik) shakllari hamda unda madaniyatlararo muloqotning kommunikativ ahamiyatiga oid xulosalar O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasining “Turizm infrotuzilmasini rivojlantirish asosida turizm xizmatlari turlarini ko‘paytirish, turizm va transport xizmatlari sifatini oshirish” konsepsiyasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2020 yil 10 martdagi 01-109 sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar turizmning yangi turlarini rivojlantirish chora-tadbirlarining takomillashuviga xizmat qilgan;
murakkab iqtisodiy va sotsiomadaniy fenomen sifatida turizmning hududiy-mintaqaviy o‘zgaruvchanlik xususiyatlari ochib berishga oid xulosalar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 01-04/626-sonli qarori mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 9 martdagi 04-13/980 sonli ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha nazariy-metodologik manbaalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
turizm ijtimoiy-madaniy hodisa sifatida sog‘lomlashtirish, rivojlanish, ijtimoiy maqom, ijtimoiy integratsiya va madaniy identifikatsiya qilish vositasi ekanligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish” strategiyasi mazmuniga singdirilgan (Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 2020 yil 5 martdagi 02-16/1639 sonli ma’lumotnomasi). Natija O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining strategiyasidagi tur operatorlar xodimlari tuzilmasini moderinezatsiyalashga qaratilgan xulosalarning takomillashtirishga xizmat qilgan;
turizmni rivojlantirishning muhim tashkiliy va boshqaruv sharti sifatida sayyohlik sektorini tartibga soluvchi davlat organlari maqomini yanada oshirish va uni boshqa muhim iqtisodiy sektorlarni nazorat qiluvchi tuzilmalar maqomiga tenglashtirish bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2020 yilga mo‘ljallangan “Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularni beshta muhim tashabbusga faol jalb qilish” konsepsiyasida foydalanilgan (“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 01-03/67 sonli ma’lumotnomasi). Natija partiyaning tashqi va ichki turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalarni samarali hal qilish, yoshlarni ichki turizmni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasini kuchaytirish hamda bu boradagi yoshlar qanotining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga xizmat qilgan.