Mardonov Bobosher Amirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ventral churrasi bor bemorlarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari hamda qorin old devorida simultan operatsiyalar bajarilishini asoslash», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1104.
Ilmiy rahbar: Kurbaniyazov Zafarjon, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Polyanskiy Igor` Yulievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Safoev Baqodur Barnoevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Kursk davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ventral churrasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining patologiyasi bo‘lgan bemorlarda simultan operatsiyalarni bajarish orqali davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qorin bo‘shlig‘i a’zolari va qorin old devorlarida simultan hamda rekonstruktiv-tiklash operatsiyalardan so‘ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan perioperatsion asoratlar rivojlanish xavfi yurak-qon tomir va nafas olish tizimlarining funksional holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
stress gormonlari miqdorini o‘rganish orqali ventral churra bilan og‘rigan bemorlarda qorin bo‘shlig‘i a’zolari va qorin old devorida simultan operatsiyalarni o‘tkazishga ko‘rsatmalar ilmiy jihatdan asoslangan;
qorin old devorining «taranglashgan» plastikasi va operatsiya davomiyligining cho‘zilishi tufayli xirurgik stress darajasi ko‘proq oshib borishi, simultan bosqichning o‘tkazilishi esa stress gormonlar miqdori oshishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaganligi isbotlangan;
ventral churra bilan og‘rigan bemorlarda churraning joylashuvi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining simultan jarrohlik patologiyasiga qarab simultan operatsiyalarning taktik va texnik jihatlari mukammallashtirilgan;
qorin bo‘shlig‘i a’zolari va qorin old devorida simultan va rekonstruktiv-tiklash operatsiyalarni o‘tkazgan bemorlar hayot sifatini baholash shkalasini mukammallashtirish imkonini beruvchi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy kunlik faoliyatga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy patognomonik omillari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ventral churra va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining simultan jarrohlik kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning diagnostikasini va jarrohlik davolashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra:
«Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining simultan jarrohlik kasalliklari bilan kechadigan ventral churrasi bo‘lgan bemorlarni boshqarish algoritmi» uslubiy tavsiyasi tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/428-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar operatsiyadan oldingi tayyorgarlik bosqichida perioperatsion asoratlarni aniqlash, hamda ularni oldini olish orqali ventral churra va qorin bo‘shlig‘i a’zolari simultan patologiyasi bor bemorlar xirurgik davolash natijalarini yaxshilash imkonini bergan;
«Qorin devori va qorin bo‘shlig‘i a’zolariningqo‘shma patologiyasida simultan operatsiyalar» uslubiy tavsiyasi tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/429-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar qorin old devori churrasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolash taktikasini tanlashni optimallashtirishga imkon bergan.
Qorin bo‘shlig‘i churrasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining simultan jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni diagnostikasi va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qarshi shahar tibbiyot birlashmasiningjarrohlik bo‘limiga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 8n-d/196-son ma’lumotnomasi). Ventral churra va qorin bo‘shlig‘i a’zolarining simultan jarrohlik kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar natijalarini amalga oshirish qorin bo‘shlig‘i a’zolari va qorin old devorining qo‘shma patologiyasida simultan operatsiyalarni bajarish imkoniyatini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish