Suleymanova Nilufar Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Videokontent orqali bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.PhD/Ped309.
Ilmiy rahbar: Urazova Marina Batirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Umarxadjaev Muxtor Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professori; Sayidaliev Sayidumar, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi videokontentlar vositasida bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis tilini o‘qitishda audiovizual vositalar va videokontentlar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlar fil`m fragmentlari, ekranlashtirilgan adabiy asarlar, ijtimoiy reklama, tarixiy fotosuratlar, interv`yu kabi aspektlarda  aniqlangan;
videokontentlar vositasida bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti hamda maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olgan didaktik modeli takomillashtirilgan;
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasining ilmiy-uslubiy ta’minoti resepsiv, produktiv va reproduktiv  mezonlar asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda obrazli, assotsiativ, mantiqiy va ijodiy fikrlash muammolar echimini taklif qiluvchi videokontent funksiyalari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Videokontentlar vositasida bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy tavsiyalar asosida:
nemis tilini o‘qitishda audiovizual vositalar va videokontentlar o‘rtasidagi o‘xshash va farqli xususiyatlar fil`m fragmentlari, ekranlashtirilgan adabiy asarlar, ijtimoiy reklama, tarixiy fotosuratlar, interv`yu kabi aspektlarda aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 20 dekabrdagi 01-11-10-8727-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot materiallaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligininig ijodkor yoshlar bilan turli madaniy tadbirlar, festivallar tashkil qilish ishlarida foydalanilgan;
videokontentlar vositasida bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti hamda maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlarni o‘z ichiga olgan bo‘yicha ishlab chiqilgan didaktik modelidan OTMlar uchun nemis tili bo‘yicha «Deutsch mit Vergnügen» o‘quv qo‘llanmasini yaratishda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini 2019 yilning 2 maydagi 394-sonli guvohnomasi) hamda “Deutsch lehren lernen” xalqaro loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yilning 14 oktyabrdagi 89-03-3947-son ma’lumotnomasi). Natijada konkret tamoyillarga ko‘ra tanlab olingan videokontentlar ishchi dasturlardan samarali foydalanishga yordam bergan;
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasining ilmiy-uslubiy ta’minoti resepsiv, produktiv va reproduktiv  mezonlar asosida №OT-A1-118 «O‘zbekiston Respublikasining ko‘p madaniyatli ta’lim sharoitlarida ishlab chiqish va tatbiq etish» nomli fundamental loyihasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 89-03-4094-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsion tadqiqot materiallaridan universitetning Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasidagi materiallarni ishlab chiqishda keng ko‘lamda foydalanilgan; 
bo‘lajak nemis tili o‘qituvchisi kasbiy kompetensiyasini shakllantirishda obrazli, assotsiativ, mantiqiy va ijodiy fikrlash muammolar echimini taklif qiluvchi videokontent funksiyalari ta’minoti asosida OTM talabalari uchun «Videokontent terminlarining nemischa-inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati» ishlab chiqildi  (Videkontent terminlarining nemischa-inglizcha-ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati. – T.:Tafakkur, 2020. – 100 b.) Natijada mazkur lug‘at sohaga oid manba sifatida xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish