Rixsixodjaeva Gulchexra Rashidxodjaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aylanma suv ta’minoti uchun korroziya va tuz to‘planishiga qarshi ingibitorlar yordamida suvga ishlov berish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1906. 
Ilmiy rahbar: Rizaev Abdumalik Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qattiqlik tuzlarining va korrozion mahsulotlari to‘planishini kamaytirish uchun aylanma suv tizimlarida ishlatiladigan korroziya va tuz to‘planishiga qarshi ingibitor kompozisiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neftni qayta ishlash zavodlarining aylanma suv tizimlarida qattiqlik tuzlarining va korroziya mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va kolloid – kimyoviy xossalari aniqlangan;
aylanma suv ta’minoti tizimida suv harakatlanishida oqim potensiali ingibirlanmagan namunada tok zichligi 0,187 A/mm2 ga, ingibirlangan namunada esa 0,08 A/mm2 ekanligi aniqlangan;
olingan reagentda tuz to‘planishini ingibirlash bo‘yicha qiymatlari 91,76% va korroziyadan himoya qilish samaradorligi bo‘yicha 68,71 % ekanligi isbotlangan;
quvur devorida himoya plyonka (qoplama) hosil qiluvchi tuz to‘planishi va korroziyaga qarshi kimyo sanoati chiqindilari asosida polimerli ingibitor ishlab chiqilgan; 
neft-kimyo korxonalarining aylanma tizimlarida quvurlarni himoya qilishda ishlab chiqilgan ingibitordan foydalanilganda sinergetik ta’sir aniqlangan;
gidrolizlangan poliakrilonitril va karbamidning o‘zaro kompleksli birikmasi uglerodli po‘lat uchun tuz yig‘ilishini va korroziyaga uchrashini oldini olishda ingibitor tajriba orqali samaradorligi isbotlangan;
tuz to‘planishi va korroziyaga qarshi ingibitori bilan suvni tayyorlash jarayonining mexanizmlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ishlab chiqilgan korroziya va tuz to‘planishiga qarshi ingibitori yordamida aylanma suv ta’minoti tizimlarini muhofaza qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
karbamid va «Nitron» tolasi chiqindisi asosida korroziya va tuz to‘planishini kamaytiruvchi ingibitor olish texnologiyasi «FNQIZ» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 12 martdagi 03-17-5/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, aylanma suv a’minoti tizimidagi tuz to‘planishi va korroziyani oldini olishda import o‘rnini bosuvchi mahalliy ingibitorni sintez qilib olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan korroziya va tuz to‘planishiga qarshi GPMShh ingibitori yordamida aylanma suv ta’minoti tizimlarini himoyalash texnologiyasi «FNQIZ» MChJning «2021-2022 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 12 martdagi 03-17-5/29-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuz to‘planishi va karroziyaga qarshi yaratilgan ingibitor aylanma suv ta’minoti tizimidagi suvga ishlov berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish