Latipov Shahboz Alisher o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘lanmagan gruntli kanallarda kritik tezliklar hisobini takomillashtirish”, 05.09.07 - Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1688.
Ilmiy rahbar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor; Shaazizov Farrux Shoakbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deformatsiyalanadigan gruntli kanallarda oqimning kritik tezliklarini va oqiziqlar sarfini gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bog‘lanmagan gruntli kanallarda oqimning yuvmaslik tezliklarini hisoblash usuli qiyalik koeffisintining har xil qiymatlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
kanallarda o‘zan tubi oqiziqlar sarfini hisoblash usuli qiyalik koeffisintining har xil qiymatlarini inobatga olib takomillashtirilgan;
kanallarda qiyalik koeffisintini o‘zgaruvchanligini inobatga olib muallaq oqiziqlar sarfini hisoblash usuli takomillashtirilgan;
oqimning kritik tezliklari va oqiziq sarflarini hisobga olib bog‘lanmagan gruntli kanallarning morfologik bog‘lanishlarini aniqlash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bog‘lanmagan gruntli kanallarda oqim yuvmaslik tezliklari va oqiziqlar sarflarining hisobini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bog‘lanmagan gruntli kanallarda oqimning yuvmaslik tezliklarini hisoblash usuli Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Mirishkor kanalida joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 avgustdagi 04/20-2466-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanalning suv o‘tkazish qobiliyati oqiziqlar transporti hisobi usullarining qo‘llanishi asosida 5-6 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
oqimning kritik tezliklari va oqiziq sarflarini hisobga olib bog‘lanmagan gruntli kanallarning morfologik bog‘lanishlarini Suv ho‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “Gidroproekt” AJ va “UZGIP” AJ loyihalash institutlarida kanallarni loyihalashda foydalanilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 avgustdagi 04/20-2466-son ma’lumotnomasi). Natijada, kanallarning deformatsion jarayonlarining kamayishiga va foydalanish samaradorligining 10-15% ga oshirish imkoniyati yaratilgan.