Tog‘aev Isamiddin Safarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Nurotaning strukturaviy-deshifrovka majmualari va ulardan mintaqaviy geologik tadqiqotlarda samarali foydalanish», 04.00.01 – Umumiy va mintaqaviy geologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM80. 
Ilmiy rahbar: Nurxodjaev Anvarbek Qoraxodjaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01. 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Raxmat Nurillaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Asadov Akmal Ro‘zimurodovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Regionalgeologiya» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Nurota hududida Erni masofadan zondlash va geologik-geofizik ma’lumotlardan kompleks foydalanib geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish va istiqbolli maydonlar belgilangan masofaviy asosni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori imkoniyatli kosmik suratlarda geologik xususiyatlarni namoyon qiluvchi strukturaviy-deshifrovka majmualari aniqlangan; 
ochiq maydondagi geologik tuzilmalarning tektonik tuzilishi va mezo-kaynozoy yotqiziqlari bilan qoplangan maydonlarning geologik deshifrovka qilishning belgilari aniqlangan; 
Erni masofadan zondlash materiallaridan foydalanib yirik miqyosdagi kosmogeologik xarita-masofaviy asos tuzish usuli takomillashtirilgan;
Janubiy Nurota va unga tutash bo‘lgan hududlar bo‘yicha istiqbolli maydonlarni ajratishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan; 
Janubiy Nurota hududining raqamli kosmik suratlarini avtomatik deshifrovka qilishda RGB tizimining (Red-qizil, Green-yashil, Blue-ko‘k) eng qulay kanallar mutanosibligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Janubiy Nurota hududida kosmogeologik izlanishlar va Erni masofadan zondlash materiallarini komplekslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
1:50 000 miqyosda tuzilgan kosmogeologik xarita - masofaviy asos «Urankamyobmetgeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 29 iyuldagi 01/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Nurota hududining istiqbolini baholash va olib borilayotgan geologiya qidiruv ishlarini samarali rejalashtirish imkonini bergan;
yirik miqyosda tuzilgan masofaviy asos «Regionalgeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 29 iyuldagi 01/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Nurota hududida foydali qazilma konlari uchun geologik tasvirlash ishlarini olib borishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
kosmogeologiya va deshifrovka natijalari «Surxongeologiya» DUK faoliyatiga joriy qilingan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2020 yil 29 iyuldagi 01/05-son ma’lumotnomasi). Natijada, Janubiy Nurota hududlari bo‘yicha  kosmik suratlarning deshifrovka mezonlari etalon sifatida Hisor tog‘lari va unga yondosh hududlarida geologik qidiruv ishlari samaradorligini oshirish hamda istiqbolli maydonlarni aniqlash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish