Razzaqov Jasur Xamraboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Investisiya loyihalarini sindisiyalashtirilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt719.
Ilmiy rahbar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi investisiya loyihalarini sindisiyalashtirilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tashkilotchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasidagi yagona integratsiyalashgan kommunikatsiya (ma’lumot almashishi) tizimi asosida sindisiyalashtirilgan kreditlashni amalga oshirish taklif etilgan;
xalqaro bozorda banklar nufuzini oshirish, kelgusida xalqaro sindisiyalashtirilgan kreditlar bozoriga kirishni imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladigan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni sek`yuritizatsiyalashning tuzilmaviy modeli taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishda sindisiyalashtirilgan kreditlash mexanizmidan foydalanish bo‘yicha milliy banklararo sindikat tashkil etish orqali risklarni taqsimlash va kreditlar hajmini oshirish asoslangan;
tijorat banklarining sindikatda demokratiya, mutanosib taqsimlash va kreditorning huquqini berish tamoyillariga amal qilish asosida sindisiyalashtirilgan kreditlash jarayonini tashkil etish hamda muammoli kreditlarning oldini olish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Investisiya loyihalarini sindisiyalashtirilgan kreditlar hisobiga moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tashkilotchi bank va ishtirokchi banklar o‘rtasidagi yagona integratsiyalashgan kommunikatsiya (ma’lumot almashishi) tizimi asosida sindisiyalashtirilgan kreditlash bo‘yicha taklifi «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki Axborot texnologiyalari Departamentining faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (ATB «Agrobank»ning 2020 yil 13 fevraldagi 18-01-19/42-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizda sindisiyalashtirilgan kreditlash bozorining rivojlanishiga zamin yaratgan;
xalqaro bozorda banklar nufuzini oshirish, kelgusida xalqaro sindisiyalashtirilgan kreditlar bozoriga kirish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladigan sub’ektlar o‘rtasidagi munosabatlarni sek`yuritizatsiyalashning tuzilmaviy modeli bo‘yicha taklifi ATIB «Ipoteka-bank»ning kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATIB «Ipoteka-bank»ning 2020 yil 25 sentyabrdagi 08/6533-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshishi natijasida tijorat banklarining resurs taqchilligi muammosini bartaraf etish, xalqaro bozorga banklarni tanitish, transparentlik, ya’ni shaffoflikni ta’minlash va kelgusida xalqaro sindisiyalashtirilgan kreditlar bozoriga kirish imkoniyatini kengaytirishga erishilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishda sindisiyalashtirilgan kreditlash mexanizmidan foydalanish bo‘yicha milliy banklararo sindikat tashkil etish orqali risklarni taqsimlash va kreditlar hajmini oshirish bo‘yicha taklifi «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki Bank tavakkalchiliklarini boshqarish boshqarmasining faoliyat yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan (ATB «Agrobank»ning 2020 yil 13 fevraldagi 18-01-19/42-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi mamlakat iqtisodiyotida klasterlarni rivojlantirish va ular faoliyatida sindikatlashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirishni samarali tashkil qilishga xizmat qilgan;
tijorat banklarining sindikatda demokratiya, mutanosib taqsimlash va kreditorning huquqini berish tamoyillariga amal qilish asosida sindisiyalashtirilgan kreditlash jarayonini tashkil etish bo‘yicha taklifi ATB «Agrobank» boshqaruvining 30 dekabr` 2019 yildagi 140/3-son qarori bilan tasdiqlangan kredit siyosatiga kiritilgan (ATB «Agrobank»ning 2020 yil 13 fevraldagi 18-01-19/42-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi investision loyihalarni sindikatlashtirilgan kreditlar asosida moliyalashtirishdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilgan.