Zaynabiddinov Anvar Erkinjonovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «15-atsetoksiazometin atizin va 15-gidroksiazometin atizin diterpenoid alkaloidlarining inotrop ta’sirini qiyosiy tavsiflash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA №0002170/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.B166.
Ilmiy maslahatchi: Usmanov Pulat Bekmuratovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti va Mikrobiologiya instituti, 14.07.2016.V.01.03.
Rasmiy opponentlar: Mirxodjaev Ulugbek Zokirovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Lyubov` Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 15-GAA va 15-AAA diterpen alkaloidlarining inotrop effektlarini tavsiflash va 15-AAAda antiaritmik va manfiy inotrop faolliklari orasida bog‘liqlik mavjud emasligining sababini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-GAA va 15-AAA alkaloidlarining inotrop ta’sirining o‘ziga xos jihatlari, ularning strukturalar bilan o‘zaro aloqalari va ularning musbat va manfiy inotrop faolligining asosida yotuvchi asosiy mexanizmlar aniqlangan;
15-AAAning antiaritmik faolligi oshishini ta’minlovchi S-15 uglerod atomidagi ON-guruhini
SN3O-guruhiga almashtirish yo‘li bilan 15-GAA strukturasining modifikatsiyasi uning manfiy inotrop faolligini kuchaytirmasdan, aksincha, pasayishiga olib kelishi aniqlangan;
15-AAA past konsentratsiyalarda (3–8 mkM) va qo‘zg‘atishning past chastotalarida (0,1-1 Gs) musbat inotrop ta’sirni namoyon qilsa, nisbatan yuqori konsentratsiyalarda (>8 mkM) va qo‘zg‘atishni yuqori chastotalarida (>1 Gs) faqat manfiy inotrop ta’siri aniqlangan;
15-AAAning musbat inotrop ta’siri β-adrenoreseptorlar va potensialga bog‘liq Sa2+ kanallarining faollashuviga bog‘liq bo‘lmagan Sa2+-tashuvchi tizimlar tomonidan ta’minlanuvchi sarkoplazmatik retikulumdagi Sa2+ ionlarining konsentratsiyasining oshishiga bog‘liqligi aniqlangan;
15-GAA va 15-AAAlarning manfiy inotrop ta’siri asosan Na+-kanallarining blokadasiga bog‘liq bo‘lib, u Sa2+-tashuvchi tizimlar funksiyasining buzilishi bilan birga kechib, keyinchalik kardiomiotsitlarda
Sa2+ ionlarining miqdori pasayishi va ularning qisqarish faolligi tushib ketishi aniqlangan;
15-AAA va 15-GAA alkaloidlarining manfiy inotrop faolliklari orasidagi farqlar ularning strukturasidagi o‘ziga xos jihatlar va kardiomiotsitlardagi Sa2+ pasayish darajasini belgilab beruvchi
Na+-kanallari blokadasining turlicha samaradorligiga bog‘liqligi isbotlangan;
15-AAA inotrop va antiaritmik ta’siri orasida bevosita korrelyasiyaning mavjud emasligi, ehtimol, uning Na+ kanallarini bloklanishiga ta’siri kam bo‘lishi, shuningdek unda musbat inotrop faollikning mavjudligiga bog‘liq ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyodan antiaritmik vositalarning yangi avlodini yaratish uchun ishlab chiqilgan strukturaviy-funksional tavsiyanomalar asosida:
samarali antiaritmik preparatlar olishni ta’minlovchi va ularning manfiy inotropli faolligini pasaytirishga yordam beruvchi diterpenoidli alkaloidlarni strukturaviy modifikatsiyalashning nisbatan optimal bo‘lgan yondashuvlar «Uzfarmsanoat» DAK faoliyatiga joriy etilgan («Uzfarmsanoat» DAKning 2016 yil 14 noyabrdagi BA-06/2069-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqotlar natijasi yurak etishmovchiligida, musbat inotrop effekti aniqlangan 15-AAA alkaloidining bu xossasi, uning manfiy inotrop faolligini chegaralab, o‘zining antiaritmik ta’sirining oshishiga yordam beruvchi yangi antiaritmik vositalarni yaratish imkonini beradi;
15-atsetoksiazometin atizin va 15-gidroksiazometin atizin diterpenoid alkaloidlarining inotrop ta’siri bo‘yicha olingan natijalar FA-F5-T084 «Mitoxondriyalar ion transporti va metabolik jarayonlar bioregulyatorlarining me’yor va patologiyadagi ta’sirini tavsiflash» ilmiy loyihasida (BKI, 2012–2016 yy.), ya’ni mitoxondriyalarda Na+/Ca2+-almashinuvchi tizimi orqali kiruvchi Ca2+ ionlariga ta’sir etib, ulardagi Sa2+ ionlari gomeostazini regulyasiya qilishda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 22 noyabrdagi FTK-03-13/828-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi mitoxondriyalarda Na+/Ca2+-almashinuvchi tizimini disfunksiyasi tufayli ularda Sa2+ gomeostazi buzilishlarini regulyasiya qilish imkonini bergan.