Ganieva Shaxzoda Shavkat qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Neinvazivnaya diagnostika “Helicobacter pylori assotsiirovannoy gastrointestinal`noy allergii u detey”, 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib1017.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSs/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Tuzankina Irina Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Nigora Yax’yaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda Helicobacter pylori assotsirlangan gastrointestinal allergiyani tashxislashning noinvaziv usullarini ishlab chiqishda immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlarning ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan allergiyaning rivojlanishi va qaytalanishining  xavf omillari baholangan, oziq-ovqat mahsulotlariga allergiyaning shakllanishi va rivojlanishi istiqboli aniqlangan;
gastrointestinal allergiyasi bo‘lgan bemor bolalarda Helicobacter pylori assotsiatsiyasidan qat’i nazar so‘lakda IL-8, TNF–α, IgE konsentratsiyasining oshishi va sIgA ning pasayishi aniqlangan;
bolalarda Helicobacter pylori infeksiyasi tufayli kelib chiqqan gastrointestinal allergiyani farqlashda so‘lak tarkibidagi IgE va peshob diastazasi erta noinvaziv tashhisning informativ ko‘rsatkich ekanligi aniqlangan;
Helicobacter pylori assotsiirlangan gastrointestinal allergiyada so‘lakda IgE miqdorining ortishi, IL-8 miqdorining ortishi va sIgA miqdorining pasayishi bilan kechishi aniqlangan;
Helicobacter pylori assotsirlangan gastrointestinal allergiyada Helicobacter pylori infeksiyasining so‘lakdagi IgE bilan kuchli, qondagi Helicobacter pylori va qondagi AST orasida o‘rtacha va peshob diastazasi bilan so‘lakdagi sIgA orasida o‘rtacha ijobiy korrelyasiyasi mavjudligi aniqlangan.
VI. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gastrointestinal allergiyaga chalingan bolalarda qon va so‘lakning immuno-sitokin ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Bolalarda Helicobacter pylori assotsiirlangan gastrointestinal allergiyaning noinvaziv diagnostika usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/368-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda gastrointestinal allergiyaning noinvaziv diagnostikasi va ularni davolash taktikasini o‘z vaqtida tanlash sxemasi ishlab chiqilgan.
«Gastrointestinal allergiya kuzatilgan bolalarni boshqarish taktikasi va tashxis algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 08 oktyabrdagi 8n-d/369-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanomada gastrointestinal allergiyani erta tashhislash va boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan.
Bolalarda Helicobacter pylori infisirlanishiga bog‘liq bo‘lgan gastrointestinal allergiyaning qiyosiy tashxisoti, noinvaziv va erta diagnostikasining informativ indikatorini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi va Buxoro viloyati tibbiy diagnostika markazi hamda 10-son  va 4-son oilaviy poliklinikalar amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 noyabrdagi  8n-d/168-son xulosasi). Natijada tashxisning aniqligi va tezligini oshirishga, shuningdek taomga bo‘lgan allergiyalar qaytalanishining oldini olishga yordam berdi, bu esa ushbu toifadagi kasal bolalarni diagnostikasi va davolash uchun bevosita  va bilvosita xarajatlarni kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish