Imomov Jamshidxon Odilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sifat menejmenti tizimini rivojlantirish asosida mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish (Meva-sabzavot mahsulotlari misolida)», 08.00.13 - Menejment (iqtisodiyot fanlari)  va 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt61. 
Ilmiy rahbar: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Madaratov Bahrom Quvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Go‘zal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Ergashev Rahmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sifat menejment tizimlarini rivojlantirish asosida meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish konseptual modeli mahsulot raqobatbardoshligi har bir tarkibiy qismining tegishli sifat menejmenti  standarti talabga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
sanoat mahsulotlari bozorida mahsulot raqobatbardoshligini baholashda qo‘llaniluvchi ELECTRE (Elication Et Choix Traduisant la Realite) usulni qo‘llash asosida jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini baholash uslubi takomillashtirilgan; 
UzGAP (“Milliy maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti”)ni ishlab chiqish va joriy etish asosida xalqaro darajada tan olingan Global G.A.P. standartini tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tarmoqda sifat menejmenti tizimini rivojlantirish orqali meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish samaradorligini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Sifat menejmenti tizimini rivojlantirish asosida meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
mahsulot raqobatbardoshligi har bir tarkibiy qismining tegishli sifat menejmenti standarti talabga muvofiqligini ta’minlash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-3657-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti geografiyasini kengaytirish va “o‘zbek sifati” belgisini yanada mustahkamlash imkoniyatini oshirishga xizmat qilgan;
sanoat mahsulotlari bozorida mahsulot raqobatbardoshligini baholashda qo‘llaniluvchi ELECTRE (Elication Et Choix Traduisant la Realite) usulni qo‘llash asosida jahon bozorida meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligini baholashning takomillashtirilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-3657-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatning meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligi va eksporti geografiyasini kengaytirishga, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini erishilgan;
UzGAP (“Milliy maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti”)ni ishlab chiqish va joriy etish asosida xalqaro darajada tan olingan Global G.A.P. standartini tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 6 noyabrdagi 02/022-3657-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatning meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligi va eksporti geografiyasini kengaytirish orqali meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirishga erishilgan;
tarmoqda sifat menejmenti tizimini rivojlantirish orqali meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish samaradorligini oshirishning 2025 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zstandart” agentligi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zstandart” agentligining 2020 yil 25 noyabrdagi 05/3632-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida meva-sabzavot mahsulotlari raqobatbardoshligi va eksport geografiyasini kengaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish