Xayrov Rasim Zolimxon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvning ilmiy-metodik asoslari”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.1.PhD/Ped1417.  
Ilmiy rahbar: Hasanov Rahim, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK  faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Bulatov Saidaxbor Sobitovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baymetov Batir Baltabaevich, pedagogika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvning ilmiy metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvning pedagogik imkoniyatlari o‘quv materialini to‘liq bajarish orqali o‘quvchilarda “Muvaffaqiyat qozonish” holatini vujudga keltirish asosida kengaytirilgan; 
tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning tasvirlash qobiliyatlari shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, hissiyot va irodaviy xislatlarini psixodiagnostik loyihalash asosida rivojlantirilgan; 
tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuv mexanizmlari “Samimiy muloqot”, “Rassom husnixati”, refleksivlik yondashuvlar g‘oyaviylik, milliylik, mazmun uyg‘unligi kreativlik ustuvor tamoyillari o‘zaro sintezlashuv asosida takomillashtirilgan;
o‘quv materiallari mustaqil o‘rganish shakllari mustaqil fikrlash va ishlash ko‘nikmalarini individual yondashuvlar orqali shakllantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarga individual yondashuvning ilmiy-metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy-natijalari asosida:
individual yondashuv asosida tasviriy san’at darslarida beriladigan vazifa va topshiriqlarning o‘quvchilarni qobiliyati, layoqati va qiziqishlari bo‘yicha taqsimlanishiga oid takliflar XT-F2-003 raqamli «Umumiy o‘rta ta’lim mazmunini modernizatsiyalashning didaktik parametrlari va strategiyasini belgilash» mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 maydagi 89-03-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’at darslarida “Muvaffaqiyat qozonish” holati bo‘yicha o‘quvchilarda rasmlaridan yutuq quvonchini his qilish, o‘z qobiliyatlarini anglash, o‘ziga ishonishga erishilgan;  
tasviriy san’at fanini o‘qitishda o‘quvchilarga individual yondashuvning pedagogik mexanizmlari, ya’ni har bir topshiriqni qisqa vaqt ichida oson yo‘llar bilan bajara olishning uzviylikka asoslangan komponentlariga oid takliflari P-3-2014-0829151412-raqamli «Tasviriy san’at ta’limi sifati va samaradorligini oshirishning didaktik imokniyatlari» mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 maydagi 89-03-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasviriy san’atni o‘qitishda o‘quvchilarga individual yondashuvning pedagogik mexanizmlari modernizatsiya qilingan;
individual yondashuv orqali o‘quvchilarda mustaqil fikrlashga yo‘naltirish, o‘quvchilarni mustaqil ishlashga o‘rgatish, odatlantirish hamda ijodiy izlanish yo‘li bilan o‘quv materialini mustaqil o‘rganishga oid takliflaridan “Tasviriy san’at. 1-sinf” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 maydagi 89-03-1835-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarga individual yondashuv asosida o‘qitish samaradorligi va sifati oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish