Axmedova Nigora Dadaxonovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni tarbiyalash tizimini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Ped1149.
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.03.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Quronov Muhammadjon Quronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni tarbiyalashning innovatsion tizimini rivojlantirish bo‘yicha uslubiy, amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak shifokorlar uchun shu kungacha amal qilingan mavjud ma’naviy kodekslar komparativistik tahlili va pedagogik kontent-integratsiyasi orqali bo‘lajak shifokorlar kasbiy-ma’naviy fazilatlari matrisasi aniqlanib, kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishning modernizatsiyalangan mexanizmi ishlab chiqilgan;
kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga doir kasbiy kompetensiyalarni loyihalash bosqichlari, shifokor kasbi professiogrammasining tarkibiy qismidagi zaruriy kasbiy kompetensiyalar va ularni ekspert baholash natijalari reytingi, kompetensiyalarning integrativ bog‘lanishi, talabalarning kasbiy-ma’naviy rivojlantirishga oid kasbiy kompetentsiyalari indikatorlari, rivojlanish dinamikasi, modeli, kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish mazmuni hamda kasbiy ta’lim bilan o‘zaro bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetensiyalar tizimini takomillashtirishga qaratilgan “Bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish” mualliflik modelini ishlab chiqishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim paradigmasining gumanizatsiya va refleksiya tamoyillariga asoslanilgan;
bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar majmui ishni nazariy o‘rganish jarayonida asoslangan va ularni amalga oshirish bo‘yicha shifokorlarning axloqiy madaniyatini rivojlantirishning tizimli loyihasi taqdim qilingan va uni o‘quv jarayonida joriy etish uchun konseptual tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirish” modeli Andijon davlat tibbiyot instituti kasbiy ta’lim tizimiga joriy qilingan. Tadqiqot natijalari asosidaga tavsiya va takliflardan oliy tibbiy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 29 iyundagi 8-7-10/647-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlar kasbiy-ma’naviy mazmun bilan boyitilgan va bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan tadbirlarning mazmuni takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish va uning uslubiy ta’minotini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi va yo‘l xaritasini ishlab chiqishda, “Kitobxonlik marafoni”, “Ezgulik haftaligi”, “Mehribonlik uylari” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot dasturlari va rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 17 fevraldagi 01/1 15-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy fazilatlarni rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligi oshgan;
bo‘lajak shifokorlarda kasbiy-ma’naviy kompetensiyalarni va kasbiy-ma’naviy fazilatlarni innovatsion rivojlantirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali professional kadrlar nufuzini oshirishda O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining 2019-2020 yillarda “Ustoz-shogird” tamoyili asosida o‘tkazilgan “Shifokor ma’naviyati” targ‘ibot faoliyatlarida foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 6 iyuldagi 07.№02-04/667-son ma’lmuotnomasi). Mazkur tavsiyalar asosida tadbirlar mazmuni manzillilik kasb etgan va talabalar tomonidan kasbiy-ma’naviy fazilatlarni o‘rganish shart-sharoitlari takomillashgan.