Nazarova Sadokat Odilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda serebral insul`t patogenezining klinik-genetik xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib569.
Ilmiy rahbar: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muratov Faxmitdin Xayritdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti. 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda serebral insul`tning klinik-irsiy jihatlarini umumiy tahlil va kasallik oqibatlari natijalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda o‘tkazilgan serebral insul`tning klinik-nevrologik manzarasi bola yoshiga, insul`t turiga va uning kechish davriga bog‘liqligi aniqlangan;
bolalardagi gemorragik insul`tning tiklanish davrida shaytonlash, psevdobul`bar sindromlar, ishemik insul`t o‘tkazgan bolalarda esa xarakat va nutq buzilishi sindromlari ustun kelganligi aniqlangan;
gemorragik insul`t o‘tkazgan bolalarda ishemik insul`t o‘tkazgan bemorlarga nisbatan sensomotor, kognitiv, xulq-atvor sohasida og‘ir nevrologik etishmovchiligi kuzatilishi isbotlangan;
ilk bor serebral insul`t o‘tkazgan bolalarda kasallik rivojlanish xavfi va patogenezining molekulyar-irsiy xususiyatlari (A2756G MTR, A66G MTRR i C677T MTHFR) aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi bolalarda ishemik insul`t rivojlanishida A66G MTRR va C677T MTHFR genlarining polimorfizmi folat siklini buzilishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bolalarda serebral insul`t patogenezining klinik-genetik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida: 
«Bolalarda serebral insul`t oqibatlarini baholashning modifikatsiyalangan shkalasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 8 iyul`dagi 8n-d/88-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalarda serebral insul`t oqibatlarini o‘z vaqtida prognozlash, hamda sensomotor, nutq, kognitiv va hulq sohalarida, ehtimol ustun keluvchi etishmovchilikdan birining ustun kelishini aniqlash, hamda shundan kelib chiqqan xolda o‘z vaqtida davolash o‘tkazish uchun to‘g‘ri saralash tanlov tuzish imkonini bergan; 
bolalarda serebral insul`t patogenezining klinik-genetik xususiyatlari  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumlada Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi va Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy  qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 oktyabrdagi 8n-z/126-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi orqali serebral insul`t o‘tkazgan bolalarda noxush oqibatlarini tezlik bilan oldindan aniqlashga, shuningdek profilaktik chora tadbirlarni o‘z vaqtida boshlashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish