Jovliev O‘ktam Temirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori naporli gidrotexnika inshootlarida suv oqimi parametrlarini aniqlashning gidravlik usullarini takomillashtirish”, 05.09.07 – Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T834.
Ilmiy rahbar: Xudaykulov Sovet Ishonkulovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,DSs.03.30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar: Eshev Sobir Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Gapparov FurqatAxmatovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gidrotexnika inshootlarining yuqori bosimli quvurlaridagi ilgarilanma va uyurmali harakatdagi suv oqimini barqaror holatini shakllantirishning gidravlik usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘ndiruvchilarga ega yuqori bosimli quvursimon suv tashlagich hamda quyi b`efni tutashtirish shartlari oqimning kinetik energiyasini inobatga olib asoslangan;
uyurmali oqimni ilgarilanma harakatga o‘tish uchastkasi uzunligini aniqlashning gidravlik ifodasi oqimning kinetik energiyasini inobatga olib asoslangan;
yuqori bosimli quvursimon suv tashlagichdagi diffuzorning optimal parametrlari suvning kinetik energiyasini so‘ndirishni inobatga olib asoslangan;
yuqori bosimli quvursimon suv tashlash inshootlarida gidrodinamik bosimning o‘zgarishini ifodalovchi gidravlik model` oqimning kinetik energiyasini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori naporli gidrotexnika inshootlarda suv oqimi parametrlarini aniqlashning gidravlik usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
so‘ndiruvchilarga ega yuqori bosimli quvursimon suv tashlagich hamda quyi b`efni tutashtirish shartlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadayo Irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 02/25-49-50-son ma’lumotnomasi). Natijada,suv ombori inshootlaridan foydalanish ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash imkoniyati yaratilgan;
yuqori bosimli quvursimon suv tashlash inshootlarda uyurmali oqimni ilgarilanma harakatga o‘tish uchastkasi uzunligini aniqlashning gidravlik ifodasi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasigajoriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 02/25-49-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik gidrotexnik inshootlarning suv o‘tkazuvchi traktlaridan samarali foydalanish imkonini bergan;
yuqori bosimli quvursimon suv tashlagichdagi diffuzorning optimal parametrlari Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Amu-Qashqadayo ITX Boshqarmasi  faoliyatida joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 02/25-49-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlarida yuqori bosimli va katta tezlikdagi oqimda vujudga keladigan kavitatsiya va vibratsiya jarayonlarining salbiy ta’sirlarini kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
yuqori bosimli quvursimon suv tashlash inshootlarida gidrodinamik bosimning o‘zgarishini ifodalovchi takomillashtirilgan gidravlik model` Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasidajoriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 02/25-49-50-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv omborlari inshootlaridan foydalanish ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash hamda gidrotexnika inshootlarining kapital ta’mirlash ishlariga sarflanadigan harajatlarni 5% gacha qisqartirish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish