Jo‘raev Shoxruh To‘lqinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eskirgan shinalardan uglerod saqlagan materiallar olish texnologiyasini yaratish va uni rezinotexnik buyumlar ishlab chiqarishda qo‘llanilishi», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T981.
Ilmiy rahbarlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ibadullaev Axmadjon Sabirjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.04.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qodirov To‘lqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Vapaev Murodjon Dusummatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi rezina-texnika buyumlari va shinalardan uglerodli materiallar va u asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmali kompozisiyalar olish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi rezina-texnika buyumlarini va shinalarni qayta ishlashning ilmiy asoslangan texnologiyasi ishlab chiqilgan;
qayta ishlash jarayonida olingan organik mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilish sohasi aniqlangan;
olingan kukunsimon uglerodli organik materialni qo‘shib har xil sharoitlarda ishlatiluvchi yuqori molekulali birikmalar asosidagi kompozision materiallar tarkibi ishlab chiqilgan;
olingan organik materialni yuqori molekulali birikmalar asosida olingan kompozisiyani vulkanlanish kinetikasiga ta’siri asoslangan;
olingan organik materialni yuqori molekulali birikmalar asosida olingan kompozisiyani plasto-elastik, reologik va texnologik xossalariga ta’siri asoslangan;
olingan organik materialni yuqori molekulali birikmalar asosida olingan kompozisiyani fizik-mexanik, dinamik va ekspluatatsion xossalariga ta’siri aniqlangan;
kukunsimon uglerodli organik materialni qo‘shib yuqori molekulali birikmalar asosida olingan kompozisiyalardan har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekstil buyumlari olish texnologiyalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi rezina-texnika buyumlari, shina va rezina sanoati chiqindilarini qayta ishlash asosida olingan uglerodli materialni qo‘llab kompozision materiallar olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikkilamchi rezina-texnika buyumlari, shina va rezina sanoati chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 5 martdagi 02-06-04/38-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, «NKMK» DKning mashinalaridan chiquvchi eskirgan rezina-texnika buyumlari va shinalarni 100% qayta ishlash imkonini bergan;
ikkilamchi rezina-texnika buyumlari, shina va rezina sanoati chiqindilarini qayta ishlash asosida olingan uglerodli materialni organik to‘ldirgich sifatida qo‘llash asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi qoliplanuvchi va qoliplanmaydigan rezina-texnika-tekstil buyumlari olish texnologiyalari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning rezinatexnika buyumlari ishlab chiqarish sexida amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 5 martdagi 02-06-04/38-67-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijdan olib kelinayotgan texuglerod P803 to‘ldirgichni 100 % almashtirish va kompozisiya tannarxini 32 % ga kamaytirish imkonini bergan.