Sayt test rejimida ishlamoqda

Turaxodjaev Nodir Djaxongirovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish davrida sifatli struktura shakllanishining ilmiy-texnikaviy echimi», 05.02.01–Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T45.

Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti va O‘zbekiston Milliy  universiteti, 14.07.2016.T/FM.02.02.

Ilmiy maslahatchi: Grachyov Vladimir Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).

Rasmiy opponentlar: Riskulov Alimjon Axmadjonovich, texnika fanlari doktori; Mixridinov Riskidin Mixridinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat  konchilik instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirish davrida sifatli struktura shakllanishini ta’minlaydigan texnologiya ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yuklanayotgan alyuminiy shixtasining haroratini 2000S dan 5000S ga oshirib, qotishma tarkibidagi vodorod miqdorini 8–10% ga, oksid qo‘shimchalari miqdorini esa 14–16% ga kamaytiradigan texnologiya ishlab chiqilgan;

alyuminiy qotishmasini suyuqlantirishda qotishma tarkibidagi vodorodning miqdorini 15–18% ga, oksid qo‘shimchalarining miqdorini 20–22% ga kamaytiradigan uglerodli flyus tarkibi ishlab chiqilgan;

alyuminiy qotishmasini suyuqlantirishda qotishma tarkibidagi vodorodning miqdorini 40–43% ga, oksid qo‘shimchalarining miqdorini 55–58% ga kamaytiradigan 2000–21000S haroratli uglerod muhitida ishlov berish texnologiyasi  ishlab chiqilgan;

alyuminiy qotishmasini suyuqlantirishda sifatli struktura hosil qilish uchun shixtani suyuqlantirish va yuqori haroratli ishlov berish pechining konstruksiyasi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Alyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda sifatli struktura shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya asosida:

pechga yuklanayotgan shixtani qizdirish texnologiyasi «O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga olinayotgan qotishma strukturasidagi vodorod va oksid qo‘shimchalarining miqdorini kamaytirish uchun tatbiq etilgan («O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 18 apreldagi UR/893-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyaning tatbiq etilishi qotishma strukturasidagi vodorod miqdorini 8–10% ga, oksid qo‘shimchalarining miqdorini esa 14–16% ga kamaytirish imkonini bergan;

ishlab chiqilgan himoya vositasi (flyus) «O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga vanna yuzasidan suyuq metall tarkibiga nometall qo‘shimchalarining singishini oldini olish uchun tatbiq etilgan («O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 18 apreldagi UR/893-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan himoya vositasi (flyus)ning qo‘llanishi strukturasidagi vodorod miqdorini 15–18% ga, alyuminiy oksidining miqdorini 20–22% ga kamaytirish imkonini bergan;

uglerod yordamida yuqori haroratda ishlov berish texnologiyasi «O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga suyuq qotishma tarkibidagi gaz va oksid qo‘shimchalarini chiqarish uchun tatbiq etilgan («O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 18 apreldagi UR/893-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnolgiyaning qo‘llanishi alyuminiy qotishmasining tarkibidagi vodorod miqdorini 40–43% ga kamaytirish, alyuminiy oksidining miqdorini 55–58% ga kamaytirishga imkon bergan;

quymalarning yo‘naltirilgan kristallanish texnologiyasi «O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatiga detal` yuzasida eyilishga chidamli qobiq hosil qilish uchun tatbiq etilgan («O‘zbekiston qattiq qotishmalar va o‘tga chidamli metallar kombinati» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yil 18 apreldagi UR/893-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan texnologiyaning qo‘llanishi detallarning eyilishga chidamli qobig‘ini hosil qilib, xizmat ko‘rsatish muddatini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish