Tashbulatov Sherzod Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlab chiqarish shlaklaridan mis va boshqa rangli metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik, quymachilik, metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T726.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi:Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Fatxulla Sagdullaevich,texnika fanlari doktori, professor; Atajanov Gapur Latibovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqarish shlaklarini qayta ishlashda mis va boshqa rangli metallarni ajratib oltish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shlak va ishlab chiqarish chiqindilariga uning tarkibidagi metlal tashkil etuvchilarini ajratib olish uchun yuqori haroratda ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
elektr pechida shlaklarga samarali ishlov berish uchun shlaklarni separatsion tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
shlakning suyultirilgan massasidan metallarni ajratib olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yuqori haroratda ishlov berish uchun aralashmaning samarali tarkibi aniqlangan; 
mis va boshqa metallarni shlak va ishlab chiqarish chiqindilaridan ajratib olishning matematik modeli tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ishlab chiqarish shlaklaridan mis va boshqa rangli metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shlak va ishlab chiqarish chiqindilariga yuqori haroratdi ishlov berish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJning mis eritish zavodiga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 5 iyundagi AS-007540-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallarni ajratib olish samaradorligi 12-14% ga ortgan;
elektr pechida ishlov berish uchun  shlaklarni separatsion tayyorlash texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ ning mis eritish zavodiga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 5 iyundagi AS-007540-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlov berish samaradorligi samaradorligi 8-10% ga ortgan;
shlakning suyultirilgan massasidan metallarni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ ning mis eritish zavodiga joriy qilingan («Olmaliq KMK» AJning 2020 yil 5 iyundagi AS-007540-son ma’lumotnomasi). Natijada, qayta ishlash va metallarni ajratib olishga sarflanadigan vaqt  1,2-1,4% martaga kamaygan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish