Toshov Hamza Sayidmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gossipol va uning hosilalari: suvda eruvchan shakllari, biologik faolliklari», 02.00.10 –Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/K134. 
Ilmiy rahbar: Xaitbaev Alisher Xamidovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fazilovna, kimyo fanlari doktori, professor;. Jalolov Iqbol Jamolovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatiga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gossipol hosilalarini sintez qilish va 3d metall tuzlari bilan metallokomplekslarini hamda turli suvda eruvchi polimer moddalar bilan supramolekulyar komplekslarini olish, ularning individualligi va tuzilishi, hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gossipolning turli tabiatli (alifatik, aromatik va geterosiklik) birlamchi aminlar bilan 8 ta Shiff asoslari sintez qilingan;
ilk bor Shiff asoslarining Mn2+, Cu2+, Ni2+, Co2+ tuzlari ishtirokida 40 ta metallokomplekslari shuningdek polivinilpirrolidon va glisirrizin kislotasining monoammoniyli tuzi ishtirokida 16 ta yangi supramolekulyar komplekslari olingan;
gossipolning 7-aminodezoksivazisin-9-tion bilan hosil kilgan Shiff asosining Cu2+ va Co2+ metall ionlariga nisbatan tanlab ta’sir etish xossasi isbotlangan;
gossipol hosilalari bilan Mn2+, Cu2+, Ni2+, Co2+ tuzlari metallokomplekslarining barqarorligi ushbu Cu>Ni>Co>Mn qatorda o‘zgarishi va bu Irving-Vil`yams qatoriga mos kelishi aniqlangan;
olingan supramolekulyar komplekslar kuchsiz kislotali va kuchsiz ishqoriy muxitlarda 48 soat davomida deyarli gidrolizga uchramasligi aniqlangan;
gossipol Shiff asoslari va supramolekulyar komplekslarining ayrim bakteriya, zamburug‘ va yallig‘lanishga qarshi faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gossipol va uning hosilalari: suvda eruvchan shakllari, biologik faolliklari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ekologik ob’ektlarda mis va kobal`t ionlarini aniqlashda qo‘llaniladigan di-(7-aminodezoksivazisin-9-tion)-gossipol organik reagenti uchun tashkilotning standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 303324424-001:2020). Natijada, yangi organik reagent yordamida ekologik ob’ektlarda mis va kobal`t ionlarini aniqlash imkonini bergan;
gossipoliden-di(2-aminoetilen sul`fit natriy) va gossipoliden-di (7-aminodezoksivazisin-9-tion) moddalari «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («Muborak gazni qayta ishlash zavodi»ning 2020 yil 8 sentyabrdagi 993/GK-09 son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi suvlardan kobal`t (II) va nikel (II) ionlarini ajratib olish imkonini bergan;
yangi immunostimullovchi preparat yaratish imkonini beruvchi gossipol asosida sintez qilingan moddalardan F-6-05 raqamli «Polifenol va triterpenoidlarning yangi hosilalarining antibiotiklar ta’siriga rezistent bo‘lgan patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sir mexanizmini o‘rganish» mavzusidagi fundamental loyihada patogen bakteriyalarga qarshi faollik ta’sirini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 89-03-2334-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xom ashyo asosida antibiotiklik xossasini namoyon qiluvchi dorivor preparatlar yaratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish