Ruzibaev Alisher Narkulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bir kovshli ekskavatorning ishchi organlari detallarini, kovsh tishlarini eyilishga bardoshligini oshirish”, 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T.1813.
Ilmiy rahbar: Shukurov Rustam Utkurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi:Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Amirqul Irgashevich,texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Azamat Xayitovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ekskavator kovsh tishlarini eyilishga bardoshliligini, kovsh tishlarining geometrik parametrlarini takomillashtirish yo‘li orqali oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EKG-5A rusumli ekskavator kovshining tajriba nusxa tishlarini tayyorlash texnologiyasi grunt bilan tish orasilagi hosil bo‘ladigan kuchlanish asosida ishlab chiqilgan;
EKG-5A rusumli ekskavator kovshi tishlarining uch qirrali konstruksiyasi hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarini teng taqsimlanishini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
kovsh tishlarining ish jarayoni dinamiklik darajasi inobatga olingan holda eyilish parametrlarini hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
ekskavator tishlarining eyilishga bardoshliligini hisoblash usullari materiallarning eyilish nazariyasi asosida takomillashtirilgan;
kovshning kesuvchi elementlarining konstruksiyasi eyilish nazariyasi asosida ishlab chiqilgan;
ekskavator kovsh tishlari kesuvchi qismining geometrik parametrlari va shakllari zarbda hosil bo‘ladigan urinma kuchlarning yo‘nalishi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bir kovshli ekskavatorning kovsh tishlarini eyilishga bardoshliligini oshirish uchun, ekskavator kovsh tishlarining kesuvchi qismlarini geometrik parametrlarini va shakllarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
EKG-5A rusumli ekskavator kovshi tajriba nusxa tishlarini tayyorlash texnologiyasi “Navoiy KMK” DK “№1 gidrometallurgiya zavodining kon boshqarmasi”ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7686-son ma’lumotnomasi). Natijada, kovsh tishlarini ishlab chiqarishda energiya sarfini 8-10% kamaytirish imkonini bergan;
EKG-5A rusumli ekskavator kovshi tishlarining uch qirrali shakli konstruksiyasi “Navoiy KMK” DK “№1 gidrometallurgiya zavodining kon boshqarmasi”ga joriy qilingan(“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7686-son ma’lumotnomasi). Natijada, kovsh ish resursini 1,2-1,25 baravar oshirish imkonini bergan;
kovsh tishlarining ish jarayoni dinamiklik darajasi inobatga olingan holdagi ularning eyilish parametrlarini hisoblashning matematik modeli “Navoiy KMK” DK “№1 gidrometallurgiya zavodining kon boshqarmasi”ga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2020 yil 13 iyuldagi 02-06-07/7686-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavator ishchi organining 18-20% abraziv eyilishini keltirib chiqaradigan dinamiklik darajasini hisobga olgan holda ishchi organning eyilishini bashorat qilishni tezlashtirish imkonini bergan.