Nazarov Anvar Aripovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):“Logistik tizimlarda yo‘lovchilar oqimiga transport xizmati ko‘rsatish jarayonlarini baholash va bashorat qilish”, 05.08.06 – G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T377.
Ilmiy maslahatchi: Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti,DSc.18/30.12.2019.T.09.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor, Aripdjanov Madaminjon Marupovich, texnika fanlari doktori, professor, Xikmatov Shuxrat Ismatovich texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: logistik tizimlarda yo‘lovchi oqimlariga transport xizmat ko‘rsatish jarayonlarini baholash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘lovchilar oqimini tanlab tekshirish usuli ularni o‘tkazish vaqti davomiyligi va ma’lumotlar hajmini hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
yo‘lovchilar oqimiga transport xizmati ko‘rsatish jarayonlari parametrlarining ishonchlilik chegaralarini hisobga olish natijasida ularni baholash usuli ishlab chiqilgan;
jamoat yo‘lovchi transportini bekatdan chiqishda kutish vaqti bilan transport oqimida harakatlanayotgan avtomobillar jadalligi va kritik intervallari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik aniqlangan;
rejim o‘zgartiruvchi ob’ektlar o‘tkazish qobiliyatining kritik parametrlari va jamoat yo‘lovchi transportining ushlanib qolish ehtimolligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan imitatsion model` asosida jamoat yo‘lovchi transporti harakat tezligi o‘zgarishining analitik bog‘lanishi olingan;
jamoat yo‘lovchi transporti ishi jadvaliga tezkor o‘zgartish kiritish uchun yo‘lovchi oqimi parametrlarini bashorat qilish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Logistik tizimlarda yo‘lovchilar oqimiga transport xizmati ko‘rsatish jarayonlarini baholash va bashorat qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirilgan yo‘lovchilar oqimini tanlab tekshirishning usuli“Toshshahartransxizmat” AJgajoriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi). Natijada,yo‘lovchilar oqimini tekshirish jarayonga jalb qilingan kuzatuvchilar sonini 10 barobarga qisqartishga erishilgan;
ishlab chiqilgan yo‘lovchilar oqimiga transport xizmati ko‘rsatishni baholash usuli “Toshshahartransxizmat” AJgajoriyetilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi). Natijada,jamoat yo‘lovchi transporti faoliyatini oqilona tashkil etish bo‘yicha mezonlarni o‘zida mujassam etgan “Namunali yo‘nalish”ni baholash bo‘yicha qoidalar va uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
aniqlangan jamoat yo‘lovchi transportini bekatdan chiqishda kutish vaqti bilan transport oqimida harakatlanayotgan avtomobillar jadalligi va kritik intervallari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik “Toshshahartransxizmat” AJgajoriy etilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi).Natijada,“Toshshahartransxizmat” AJ tassarufidagi avtokorxonalari avtobuslarning ish jadvallariga asosli o‘zgartirishlar kiritilgan va 20 ta harakat yo‘nalishlarida harakat rejimiga o‘zgartirishlar kiritilgan;
aniqlangan rejim o‘zgartiruvchi ob’ektlar o‘tkazish qobiliyatining kritik parametrlari va jamoat yo‘lovchi transportining ushlanib qolish ehtimolligi “Toshshahartransxizmat” AJgajoriyetilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi).Natijada,Toshkent shahridagi jamoat yo‘lovchi transportining ish jadvallari o‘zgaradigan parametrlar asosida tashkil qilingan;
ishlab chiqilgan imitatsion model` asosida olinganjamoat yo‘lovchi transporti harakat tezligi o‘zgarishining analitik bog‘lanish“Toshshahartransxizmat” AJgajoriyetilgan(“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi). Natijada, Toshkent shahridagi jamoat yo‘lovchi transportining barcha yo‘nalishlardagi ekspluatatsion tezligi oqilona rejalashtirilgan va 4 ta harakat yo‘nalishlarida avtobuslar soni aniq intervallarga biriktirilgan;
ishlab chiqilgan jamoat yo‘lovchi transporti ishi jadvaliga tezkor o‘zgaritish kiritish uchun yo‘lovchi oqimi parametrlarini bashorat qilish usuli “Toshshahartransxizmat” AJgajoriyetilgan (“Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 11 noyabrdagi 01/1-06-1/1939-1086-son ma’lumotnomasi). Natijada,Toshkent shaharida jamoat yo‘lovchi transportini ishini samarali, ishonchli tashkil qilish maqsadida 10 ta harakat yo‘nalishlaridagi harakatlanish tartibi o‘zgartirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish