Yusupov Izzat Sultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xorazm vohasida aloqa tizimi tarixi ¬ (1873-2018 yy.) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar.432.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Madirim Mahmudovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch Davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD. DSc. 03/30. 12.2019. Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Mavlanov O‘ktam Mahmasobirovich, tarix fanlari doktori, professor; Sulaymanov Salomat Aripboevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm vohasida aloqa tizimi tarixini 1873-2018 yilgacha bo‘lgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga o‘tkazgan ta’sirlarini tizimli asosda kompleks holda tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Xiva xonligiga aloqaning yangi turlari - pochta, telefon, telegraf, fotografiya kabi vositalarning kirib kelishi natijasida uzoq va yaqin hududlar bilan bog‘lanish, ma’lumot almashish imkoniyatlari kengayib borganligiga qaramay, aloqa vositalaridan asosan siyosiy va harbiy maqsadlarda foydalanilganligi isbotlangan;
vohada telefon-telegraf stansiyalarining kengaytirilishi natijasida shahar va qishloqlarda pochta shaxobchalari tomonidan xat, xabar, vaqtli matbuot nashrlarini aholi va tashkilotlarga etkazish, qariyalarga nafaqa tarqatish, pul o‘tkazish, telegramma va telefon xizmatlari ta’minlangan bo‘lsada, bu jarayonda qator uzilishlar yuzaga kelib, xizmat ko‘rsatish past darajada saqlanib qolganligi asoslangan;
sobiq sovet davrida aloqa xizmatining yangi turlari: pochta, telefon, telegraf, fotografiya, radio va televidenie kabi vositalarning joriy qilinishi natijasida hududlar bilan bog‘lanish, ma’lumot almashish imkoniyatlari muaayyan darajada kengayib borgan bo‘lsada, ayni paytda ushbu tizimda faoliyat olib borgan xodimlarning saviyasi va ularga etarli shart-sharoitlar yaratilmagani sohaning sifat ko‘rsatkichlari o‘zgarmay qolishiga sabab bo‘lganligi isbotlangan;
mustaqillik yillarida ijtimoiy infrastrukturaning tarkibiy qismi bo‘lgan aloqa korxonalarini ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va malakali kadrlar bilan ta’minlanishi, Xorazm televideniesi va radio sohasiga yangi texnika va texnologiyalarning bosqichma-bosqich kirib kelishi ijodiy imkoniyatlarning kengayishiga, aholiga mazmunli va sifatli ko‘rsatuv-eshittirishlarning taqdim qilinishiga imkon berayotganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Xiva xonligida aloqaning yangi turlarini paydo bo‘lishiga oid materiallardan “Xiva aloqa muzeyi”da sayyohlarga ekskursiyalar o‘tkazishda keng foydalanilgan. Shu bilan bir qatorda eksponatlar va aloqa vositalari sifatida tanlangan sur’atlari muzeyga joylashtirilgan. Muzeydagi eksponatlarni respublikamizning boshqa viloyatlari bilan bir qatorda viloyat markazidan uzoqda joylashgan hududlar aholisini xabardor qilish maqsadida foydalanilgan (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 2019 yil 20 maydagi 29-17-/1248-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanilgan natijalar muzey ekspozisiyasini eksponatlar bilan boyitish bilan birgalikda yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
aloqa sohasining eng muhim bo‘g‘ini hisoblangan pochta tizimining paydo bo‘lishi va taraqqiyotga erishilgan davrlari tarixini tahlil etish asosida O‘zRFA mintaqaviy bo‘limi Xorazm Ma’mun akademiyasi FA-A1-G015 shifrli “Xiva xonlari davlat arxiv hujjatlari II jild” mavzusidagi amaliy tadqiqotlar loyihasi doirasida olingan natijalar 1873-1920 yillarda Xorazmdagi aloqa sohasining tadrijiy rivojlanishi xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini aniqlashda, ijtimoiy siyosiy va tarixiy jarayonlarning aloqa sohasiga o‘tkazgan ta’sirlariga oid xulosalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi 14 oktyabr` 2019 yildagi 3/1255-2716-sonli ma’lumotnomasi). Foydalanilgan materiallar soha rivojiga oid yangi ma’lumotlar bilan boyitishga va qo‘llanilishiga xizmat qilgan.