Baratova Dinora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasini rivojlantirish yo‘llaris,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2018.3.PhD/Iqt711.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Kuzieva Nargiza Ramazonovna,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot:“O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlikjamiyatisug‘urtakompaniyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamg‘arib boriladigan (uzoq muddatli) hayot sug‘urtasi bo‘yicha soliq imtiyozlarining qisqartirilishi sharoitida, sug‘urtalanuvchilarning mazkur sug‘urta turiga nisbatan manfaatdorligini oshirish maqsadida, ularga  sug‘urta summasi doirasida zayom berish taklifi ishlab chiqilgan;
fuqarolar hayotining yosh jihatidan turli bosqichlari hamda muhim voqea va hodisalarga mo‘ljallangan sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish orqali  jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasiga bo‘lgan talabni oshirish taklifi asoslangan;
jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning ichki va tashqi omillarini inobatga olingan holda ularning komponentlari belgilanib, “risk massasi” ko‘rsatkichi orqali baholash taklif etilgan;
kam ta’minlangan hamda chekka hududlardagi aholi qatlamlari uchun hayot mikrosug‘urtasi biznes-modelini qo‘llash  tavsiya etilgan va bunda kam ta’minlangan oilalar uchun ushbu modelni davlat-xususiy sherikligi asosida tashkil etish lozimligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hayot sug‘urta kompaniyalarida jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urta mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamg‘arib boriladigan (uzoq muddatli) hayot sug‘urtasi bo‘yicha soliq imtiyozlarining qisqartirilishi sharoitida, sug‘urtalanuvchilarning mazkur sug‘urta turiga nisbatan manfaatdorligini oshirish maqsadida, ularga  sug‘urta summasi doirasida zayom berish taklifi“ALSKOM-VITA”sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 5 iyuldagi 02-p sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan(“ALSKOM-VITA” sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 22 maydagi 31/1-son ma’lumotnomasi).Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida sug‘urta kompaniyasida 2020 yil yanvar`-fevral` oylarida 47 ta sug‘urta shartnomasi tuzish va 668,6 mln.so‘m sug‘urta mukofoti kelib tushishiga erishilgan;
fuqarolar hayotining yosh jihatidan turli bosqichlari hamda muhim voqea va hodisalarga mo‘ljallangan sug‘urta mahsulotlari ishlab chiqilib, “ALSKOM-VITA”sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 5 iyuldagi 02-p sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan(“ALSKOM-VITA” sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 22 maydagi 31/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida sug‘urta kompaniyasi tomonidan2019 yilda 57 ta sug‘urta shartnomasi tuzilib, 80,5 mln.so‘m sug‘urta mukofoti tushumi ta’minlangan bo‘lsa, 2020 yilning 1-choragida 51 ta sug‘urta shartnomasi tuzilib, 261,03 mln. so‘m miqdorida sug‘urta mukofoti tushumi ta’minlanishiga erishilgan;
jamg‘arib boriladigan hayot sug‘urtasi bilan bog‘liq risklarni ichki va tashqi omillar inobatga olingan holda komponetlari belgilanib, “risk massasi” ko‘rsatkichi orqali kompleks baholash usuli “ALSKOM-VITA”sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 5 iyuldagi 02-p sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan(“ALSKOM-VITA” sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 22 maydagi 31/1-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif amalda qo‘llash natijasida sug‘urta kompaniyasi 2019 yilda tuzilgan sug‘urta shartnomalarining zararlilik darajasi rejadagiga nisbatan o‘rtacha 10 foizga kamayishiga erishilgan;
kam ta’minlangan hamda chekka hududlardagi aholi qatlamlari uchun hayot mikrosug‘urtasi biznes-modelini qo‘llash, bunda kam ta’minlangan oilalar uchun ushbu modelni davlat-xususiy sherikligi asosida tashkil etish taklifi“ALSKOM-VITA”sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 5 iyuldagi 02-p sonli buyrug‘i asosida amaliyotga joriy qilingan(“ALSKOM-VITA” sug‘urta kompaniyasining 2020 yil 22 maydagi 31/1-son ma’lumotnomasi).Mazkur taklif amalda qo‘llanilishi natijasida sug‘urta kompaniyasining 2019 yil 7 oylik faoliyati davomida 62 ta sug‘urta shartnomasi tuzilib, ushbu shartnomalar orqalikompaniyaga kelib tushgan sug‘urta tushumlarihajmi 551,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish